Jiyda

Jiyda (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt. Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada oʻsadigan 40 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo,xususan, Oʻzbekistonda Janubining qargʻajiyda. (E. angustifolia; yovvoyi holda oʻsadi), sharq jiydasi (E. orientalis), tikanakli J. (E. pungens), kumushsimon J. (E. argentea), non J. (E. edulis) turlari oʻsadi. Sharq Jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumushrang . Daraxti 8–10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushboʻy, efir moyli. Mevasi sargʻish, magʻizsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxoʻr. Tarkibida 46—65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. Jiydaning ning mevasi yangiligida yoki quritib isteʼmol etiladi. Mevasidan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yogʻochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi.

Jiyda qurgʻoqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuza va shoʻr tuproqlarda ham oʻsaveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan koʻpayadi. Koʻchati oʻtkazilgach, 3—5 yilda hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi sentabr, oktabr oylarida pishadi. Bir tupi 50 kg gacha hosil beradi. Jiyda 60—80-yil yashaydi. Non jiyda mevali daraxt sifatida ekiladi, oʻrta boʻyli daraxt. Sernam yerlarda yaxshi oʻsadi. Serhosil mevasi yirik, mazali, qizgʻish-qoʻngʻir rangli. Oʻzbekiston oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot institutida uning 20 ga yaqin navi taʼriflangan (Qizil Jiyda , Raʼno, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, Choʻli qandak, Kizil qandak va boshqalar). Hozirgi davrga kelib sanoat ahamiyatini yoʻqotdi. Oʻzbekiston,Tojikiston va koʻpgina mamlakatlarda ayrim tomorqa bogʻlarida havaskorlar ekadi. Koʻproq yoʻl yoqalari, kanal boʻylari, dala-ihota oʻrmon mintaqalari, tashlandiq yerlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi.

Azimov E.Non jiyda.T.1967.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.