Jins
Jins (biologiyada) — jinsiy koʻpayishni taʼminlaydigan hamda erkak va urgʻochi organizmlarni farq qilishga imkon beradigan belgilar majmui. Hayvonlarda jinsiy belgilari organizmning morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xattiharakatlari va boshqa orqali namoyon boʻladi. J. belgilari birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi jinsiy belgilar (jinsiy bezlar, jinsiy yoʻllar va boshqalar) gametalar hosil boʻlishi va urugʻlanishni taʼminlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar (tana oʻlchami va tuzilishi, boshi, pat yoki jun rangi, tarkibi va boshqalar) jinsiy koʻpayishda muayyan ahamiyatga ega. Erkaklik jinsiy bezlari (urugʻdonlar) spermatozoidlar, urgʻochilik jinsiy bezlari (tuxumdonlar) tuxum hujayralari ishlab chiqaradi. Spermatozoidning tuxum hujayra bilan qoʻshilishi tufayli zigota hosil boʻladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Jinsiy bezlar ishlab chiqaradigan jinsiy gormonlar organizmning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning shakllanishi va fiziologik jarayonlarning boshqarilishida muhim ahamiyatga ega. Ayrim jinsli organizmlarda urgʻochilik (tuxum) va erkaklik (urugʻ) gametalari urgʻochi va erkak organizmlarda hosil boʻladi. Germafrodit organizmlarda (qarang ) urgʻochilik va erkaklik jinsiy bezlari bitta organizmning oʻzida rivojlanadi. Gulli oʻsimliklar gulining tuzilishiga koʻra bir J.li va ikki J.li boʻladi (qarang Gul). Bir J.li gullar bitta oʻsimlikning oʻzida (qarang Bir uyli oʻsimliklar) yoki boshqa-boshqa oʻsimliklarda (qarang Ikki uyli oʻsimliklar) joylashgan boʻlishi mumkin. Baʼzan bitta oʻsimlikning oʻzi bir jinsli va ikki jinsli gullarga ega boʻladi (qarang Poligamiya). J. jinsiy xromosomalar nazorati ostida rivojlanadi. Sut emizuvchilar urgʻochisi hujayrlarida ikkita jinsiy (XX) xromosomalar, erkagi hujayralarida bittadan X va U xromosomalar boʻladi. Jinsiy koʻpayishda urgʻochi organizm faqat bir xil, yaʼni X xromosomaga ega boʻlgan gameta (tuxum hujayra)lar, erkak organizm esa ikki xil, yaʼni X va U xromosomalarga ega boʻlgan gameta (urugʻ hujayra)lar hosil qiladi. Urugʻlanish jarayonida X va U xromosomaga ega boʻlgan urugʻ hujayralarning X xromosomali tuxum hujayra bilan qoʻshilish imkoniyati teng boʻladi. Shuning uchun urugʻlanishdan soʻng XX va XU xromosomali zigotalar, yaʼni urgʻochi va erkak organizmlar teng nisbatda hosil boʻladi. Ana shu jarayon tufayli tabiatda urgʻochi va erkak organizmlarning oʻzaro teng nisbati saqlanib qoladi.
Bakriddin Zaripov, Ochil Mavlonov.[1]
Yana qarang
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.