Jean de La Fontaine
| Jan de La Fonten | |
|---|---|
|
Portret Hyacinthe Rigaud (Carnavalet muzeyi) | |
| Tavalludi |
8-iyul 1621[1] Chateau-Tierry, Shampan, Fransiya |
| Vafoti |
13-aprel 1695[1] Neuilly-sur-Seine, Ile-de-France, Fransiya |
| Fuqaroligi | Kingdom of France |
| Kasbi | Fabulist, shoir |
| Bolalari | 1 ta |
| Otasi | Charles de La fontaine |
| Onasi | Françoise Pidoux |
| Imzosi | |
|
| |
Jean de La Fontaine(1621.8.7, Shato—Tyerri, Shampan – 1695.13.4, Parij) – fransuz shoiri, masalchi. Fransiya akademik aʼzosi (1684-yildan). Mashhur „Psixeya va Kupidonning muhabbati“ (1669) qissasiga „Ming bir kecha“ ertaklari hamda Apuley (miloddan avvalgi II asr) ning „Metamorfozalar“ asari asos boʻlgan. La Fontenning masal janridagi asarlari koʻproq shuhrat qozongan. „Sheʼriy ertak va hikoyalar“ (1—5-kitoblar, 1665—85), „Masallar“ (1 – 12-kitoblar, 1668—94) toʻplamlarida oʻtkir hajvchi, yirik mutafakkir, adabiyotda Uygʻonish davri anʼanalarining davomchisi sifatida maydonga chiqdi. Uning antik davr, Yevropa hamda Sharq adabiyoti („Kalila va Dimna“ va boshqalar), shuningdek, xalq donishmandligidan ruhlanib yaratgan masallari zamonaviyligi, oʻtkir hajvi, tavsiflarning yorqinligi bilan jahon satirik adabiyoti xazinasini boyitdi. Oʻzbek va rus masalchiligi rivojida ham La Fonten ijodining muhim oʻrni bor. „Kosib va doʻkondor“ masali oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1984)[2].
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Tashqi havolalar
- „La Fontaine“. <kichik>bepul, mavjud formatlar: html, epub, kindle, matn.
- Jan de La Fontaine muzeyi (Wayback Machine saytida 2007-10-12 sanasida arxivlangan) Château-Tierry, Fransiya
- Keng maʼlumotlar va onlayn ishlaydi
- Fransuz tilida tarjimai hol va ertaklar (Wayback Machine saytida 2010-01-24 sanasida arxivlangan)
- Fond-Jedonda.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.