Jbeyna
Jbeyna (malt. Ġbejna, pl. h. malt. ġbejniet) — echki yoki qoʻy suti, tuz va shirdondan tayyorlangan Malta pishlogʻining milliy turi. Gozo oroli Malta Respublikasining pishloq yetishtiruvchi hududi hisoblanadi. Pishloqning „Ġbejna“ nomi Yevropa Ittifoqida himoyalangan mintaqaviy nomdir.
Tayyorlanishi
Pishloq pasterizatsiya qilingan va qilinmagan qoʻy yoki echki sutidan tayyorlanadi. Pishloq avvallari maxsus qamishdan yasalgan qoliplarda tayyorlangan boʻlsa, hozirda plastik idishlarda tayyorlanadi va yelvizakda quritiladi. Jbeynaning uchta asosiy turi mavjud: yangi (malt. ġbejniet friski), quritilgan (malt. ġbejniet moxxi) va qalampirli (malt. ġbejniet tal-bżar). Yangi pishloq zardobda saqlanadi hamda taʼmi va tuzilishi jihatidan italyan mozzarellasiga juda oʻxshaydi. Quritilgan pishloq muskat yongʻogʻi hidi bilan achchiq taʼmga ega. Tuzlangan qora qalampirli pishloq odatda zaytun moyi yoki maxsus marinad ichida saqlanadi va pishloq qancha uzoq tursa, uning taʼmi achchiqroq va oʻtkirroq boʻladi.
Malta oshxonasida
Jbeyna pishlogʻi qaylalar tayyorlashda taʼm beruvchi vosita sifatida ishlatiladi. U Malta milliy taomlarining biri — „beva shoʻrva“ (malt. soppa tal-armla) tarkibida ham bor va undan Malta noni hobz biz-zeit (malt. ħobż biż-żejt) ichiga solinadi. Ushbu pishloq koʻpincha spagetti bilan birga tortiladi va pitsa tayyorlashda ishlatiladi.
Adabiyotlar
- Berlitz: Malta Pocket Guide. Berlitz. ISBN 9781780047805
- Malta i maltiysi. O chem molchat putevoditeli. Baskina A. ISBN 9785386065065
Havolalar
- Anʼanaviy Malta pishloqi (Wayback Machine saytida 2018-01-06 sanasida arxivlangan)
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.