Jazuliy Muhammad
Jazuliy Muhammad (toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Sulaymon Jazuliy). Fas shahrining Jazula vohasida dunyoga kelgan. Nasab jihatidan imom Hasan va Fotima (r.a.) orqali Muhammad (a.s.)ga borib taqaladi.
Faoliyati
Jazuliy, Muhammad ta’limni Fas shahridagi «as-Safarin» madrasasida olgan. Manbalarda uning uyi madrasa yaqinida joylashganligi shu sababli kun boʻii uyiga chiqmay madrasada ilm bilan mashgʻul boʻlgani keltirilgan. U madrasada ta’lim olgan kezlarida «Daloil al-xayrot»ni yozib tugatgan. Shundan soʻng, oʻziga ustoz qidirib, turli mamlakatlarga safar uyushtirgan. Jumladan 7 yil mobaynida Hijozda oʻziga munosib ustoz axtargan. Bu vaqt oraligʻida Misr va Quddus shahrida boʻlgan.
Madinada 4 yil mobaynida ilm oʻrgangan, haj ibodatini amalga oshirib, Marokashga qaytib kelgan. Ba’zi manbalarga koʻra, umrining qirq yilini ilm talabida oʻzga yurtlarda oʻtkazgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Shundan soʻng Fas shahridan chiqib, as-Sahl shahriga safar qiladi. U yerda zamonasining yetuk shayxi Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Sugʻayyarning xizmatida boʻlgan. Shu vaqt mobaynida shoziliya tariqatiga xos tarzda uzlatga chekingan. Ushbu uzlat 14 yil davom etgan. 14 yildan soʻng shayxlik maqomiga ega boʻlib, shoziliya tariqati asoslarini odamlarga yetkazishga kirishgan. Qisqa vaqt ichida mashhurlikka erishib, unda koʻplab karomatlar sodir boʻlgan.
Jazuliy umri mobaynida Qur’on va sunnatga tayangan holda hayot kechirgan. Uning shu fazilati tufayli ham tarafdorlari soni ortib, shoziliylik tariqati nafaqat Marokashda balki boshqa koʻplab oʻlkalarda ham tanilgan.
Ilmiy merosi
Bugungi kunda yurtimiz qoʻlyozma fondlarida Muhammad Jazuliyning «Daloil al-xayrot» asari koʻplab adadlarda saqlanishi, ushbu kitobni oʻqitish uchun maxsus «daloilxona» ta’lim muassasasi mavjud boʻlgani ham uning qanchalik xalqimiz uchun qadrli boʻlganini namoyon etadi.
Vafoti
Jazuliy, Muhammad 1465 yili bomdod namozini oʻqiyotgan vaqtida muxoliflar tarafidan oʻldirilgan. Uning janozasi Sus shahridagi oʻzi asosini qurdirgan masjidda oʻqilgan. Jazuliy vafotidan 77 yil oʻtgach, qabrini ochib, qayta dafn etish uchun uni Marokashga olib ketilgan[1].
Manbalar
Adabiyotlar
- Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.