Jargon
Jargon (fransuzcha: jargon safsata) — biror ijtimoiy guruhning oʻziga xos leksikasi, fonetikasi va grammatikasi bilan umum soʻzlashuv tili va mahalliy dialektlardan farq qiladigan tili. Jargon muayyan ijtimoiy muhitda yuzaga keladi va shular manfaatiga xizmat qiladi (maye, talabalar, harbiy xizmatchilar, turli kasb, mashgʻulot egalari orasidagi Jargon). Bunday Jargonlarni kuchli rivojlangan va aniq terminlarga ega biror kasb tili bilan aralashtirmaslik lozim. Jargon ham leksik, ham uslubiy jihatdan turli-tuman, tezda oʻzgaruvchan, barqaror boʻlmaydi.
Masalan, yoshlar orasida "ketdim" oʻrnida "sirpandim", "pul" oʻrnida "soqqa", "dollar" oʻrnida "koʻki"; sanʼatkorlar orasida "xizmat uchun haq olmaslik" oʻrnida "tom suvoq", "pul" oʻrnida "yakan" va hokazo Jargonlar uchraydi. Jargon badiiy ijodda asar qahramoni xususiyati, tabiatini ochib berish uchun xizmat qiladi.
Jargonlar turli tillarda soʻzlashuvchi xalqlar vakillarining bir-birlari bilan aloqa qilishida yoki turli xalq vakillari yigʻiladigan joylar (maye, chegara, portlar)da ham paydo boʻladi. Jargonlar qaysi ijtimoiy guruh orasida yuzaga kelgan boʻlsa, deyarli faqat shu guruh vakillari uchun tushunarli boʻladi, shu toifadagilarning vaziyat, sharoit taqozasiga koʻra boshqalardan yashirin tutiladigan maqsadlariga xizmat qiladi[1].
Manbalar
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.