Isiriq

Peganum harmala

Isiriq (lotincha: peganum) — tarkibida alkaloidlar bo‘lgan, xalq tabobatida shifobaxsh vosita sifatida turli yo‘llar bilan (jumladan, tutatib) foydalanib kelinadigan, isiriqdoshlar oilasiga mansub koʻpyillik yovvoyi o‘t o‘simlik[1].

Boʻyi 60-70 sm. Poyasi bir nechta, sershox. Barglari kulrang yoki yashil. Gullari sargʻish-oq, shoxining uchida. Mevasi dumaloq koʻsakcha. 6 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1 turi (Peganum harmala) oʻsadi. Choʻl va yarim choʻllarda, aholi yashaydigan yerlarda, ekinlar orasida va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Tarkibida alkaloidlar (garmin, garmalin, peganin va b.), yogʻ, boʻyoq kabi moddalar bor. Urugʻidan jun gazlama va shoyilar uchun boʻyoq olinadi. Badboʻy islarni yoʻqotish, har xil ofatlarni qaytarish maqsadida ham isiriqdandan foydalaniladi.

Tibbiyotda

Quriltilgan va bozor rastalariga olib chiqildgan isiriq yoki peganum harmala. (Kentau, Qozog‘iston)

Tabobatda qadimdan turli kasalliklar (tutqanoq, tomoq ogʻrigʻi, zaxm)ni davolashda, siydik haydovchi, terlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Abu Ali Ibn Sino isiriqni quymich asablari shamollaganida, tizza va suyaklar qaqshab og‘riganida, og‘riq qoldiruvchi omil sifatida ishlatishni tavsiya etgan[2]. Bundanda tashqari isiriqdan olingan alkaloidlar ekstraktining grippning oldini olish borasidagi fundamental tadqiqotlar e’lon qilingan[3]; isiriq tarkibidagi alkaloidlarning shishlarga qarshi samarali vosita ekani isbotlangan[4]; isiriq alkaloidlarining zararli mikroorganizmlarning rivojlanishini to‘xtatishi ma’lum qilingan[5]. Isiriq tutatilganda α-pinen, limonen va stirenlar ajraladi va bu birikmalar mikroorganizmlarni dezinfeksiya qilish xususiyatiga ega.

Ta’qiqlarga uchrashi

Belarusda garmalin va garmin (isiriq) tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydigan, xavfli psixotrop modda deb topilgan[6]. Isiriq 2024-yilda Rossiyada davlat nazorati ostida bo‘lishi shartligi belgilangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan[7].

Yana qarang

Manbalar

  1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964-bet. ISBN 978-9943-8834-4-4. 
  2. „Isiriq“. Qaraldi: 22-fevral 2024-yil.
  3. Moradi, Mohammad-Taghi; Karimi, Ali; Rafieian-Kopaei, Mahmoud; Fotouhi, Fatemeh (2017-09-01). „In vitro antiviral effects of Peganum harmala seed extract and its total alkaloids against Influenza virus“. Microbial Pathogenesis. 110-jild. 42–49-bet. doi:10.1016/j.micpath.2017.06.014. ISSN 0882-4010. {{cite magazine}}: no-break space character in |title= at position 3 (yordam)
  4. Lamchouri, F; Settaf, A; Cherrah, Y; Zemzami, M; Lyoussi, B; Zaid, A; Atif, N; Hassar, M (1999-11-01). „Antitumour principles from Peganum harmala seeds“. Therapie. 54-jild, № 6. 753–758-bet. ISSN 1958-5578. PMID 10709452.
  5. Nenaah, Gomah (2010-10-01). „Antibacterial and antifungal activities of (beta)-carboline alkaloids of Peganum harmala (L) seeds and their combination effects“. Fitoterapia. 81-jild, № 7. 779–782-bet. doi:10.1016/j.fitote.2010.04.004. ISSN 0367-326X.
  6. „Isiriq – giyohvand modda. Belarus “xavfli o‘simlik” importini taqiqladi“ (21-avgust 2021-yil). Qaraldi: 22-fevral 2024-yil.
  7. „Rossiyada isiriq taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritildi“ (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 22-fevral 2024-yil.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.