Interstellar

Interstellar
Interstellar

Film posteri
Rejissyor(lar) Christopher Nolan
Prodyuser(lar)
Ssenariy
muallif(lar)i
Rollarda
Bastakor(lar) Hans Zimmer
Operator(lar) Hoyte van Hoytema
Montajyor(lar) Lee Smith
Distribyutor
Premyera
sanasi
26-oktyabr, 2014
Davomiylik 169 daqiqa[1][2]
Mamlakatlar AQSH bayrogʻi AQSH
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Til inglizcha
Byudjet $165 million[3]
Daromad $701,8 million[4]

Interstellar — 2014-yilda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan va Christopher Nolan ishlagan epik va ilmiy fantastik janrdagi AQSh filmi. Rollarini Matthew McConaughey, Anne Hathaway, Jessica Chastain va Michael Caine ijro etishgan. Bu film yashash uchun yangi sayyora izlab "qora tuynuk" teshigidan uchib oʻtuvchi fazogirlar haqida hikoya qiladi. Ssenariy Jonathan Nolan va uning akasi Christopher Nolan tomonidan yozilgan; Christopher ukasi Paramount Pictures va produser Lynda Obst uchun 2007-yilda yozgan ssenariyga oʻz fikrlarini qoʻshib, filmga Obst va xotini Emma Thomas bilan birgalikda produserlik qildi. Ishlari filmni ruhlantirgan nazariyotchi fizik Kip Thorne ilmiy maslahatchi va ijroiy produser boʻldi.

Nolanʼning ayrim avvalgi filmlarini tarqatgan Warner Bros. Paramount bilan Interstellar filmidan moliyaviy ulush uchun kelishdi. Warner Bros. bilan oldin hamkorlik qilgan Legendary Pictures ham ulush soʻrab qoʻshildi. Uch kompaniya filmni moliyalashtirib, ishlab chiqarish uchun Syncopy Inc. va Lynda Obst Productions kompaniyalari qoʻshildi. Rejissor operatorlikka Hoyte van Hoytema'ni oldi, chunki Nolanʼga uzoq vaqt hamkorlik qilgan Wally Pfister Transcendence filmini ishlash bilan band edi. Interstellar anaformik 35 mm va IMAX 70 mm tasmalarda suratga tushirildi. Suratga olish 2013-yil oxirgi choragida Kanadaning Alberta provinsiyasida, janubiy Islandiyada va Los Angeles, Kaliforniyada olib borildi. Vizual effektlar Double Negative kompaniyasi tomonidan tayyorlandi.

Interstellar premyerasi 2014-yil 26-oktyabrda Los Angelesda boʻlib oʻtdi. Biroq ommaviy namoyish 2014-yil 5-noyabridangina boshlandi. Filmni Shimoliy Amerikada Paramount Pictures, boshqa joylarda esa Warner Bros. tarqatdi.

Manbalar

  1. „Interstellar: Presented in Film“. fandango.com. Fandango. Qaraldi: 8-oktyabr 2014-yil.
  2. Interstellar (12A)“. British Board of Film Classification (20-oktyabr 2014-yil). Qaraldi: 20-oktyabr 2014-yil.
  3. Siegel, Tatiana; Galloway, Stephen (14-avgust 2013-yil). „Legendary Scores Christopher Nolan's 'Interstellar' in Warner Bros. Divorce“. The Hollywood Reporter. Qaraldi: 1-oktyabr 2014-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. „Interstellar (2014)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 14-noyabr 2014-yil.

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.