Interoretsepsiya
Interoretsepsiya, interotsepsiya (lot. interior — ichki, receptio — qabul qilish) — ichki aʼzolar (yurak, qon va limfa tomirlari, nafas aʼzolari, ovqat hazm qilish yoʻllari va b.) dagi sezuvchi nerv uchlari (interore-septorlar)ning qoʻzgʻalishi natijasida vujudga keladigan impulslarning markaziy nerv sistemasi tomonidan qabul qilinishi. Ingliz fiziologi Ch. Sherrington I.ni oʻrganishni boshlab berdi. U I.ning maxsus tipi propri-oretsepsiyani topdi va muskul I.sining harakat reaksiyalaridagi ahamiyatini aniqladi. Undan oldinroq muskul I.si rolini I. M. Sechenov aniqlagan. I. P. Pavlovning tashqi muhit analizatorlari bilan birga organizm ichki muhitining analizatorlari ham mavjudligi haqidagi tushunchasi I.ni oʻrganishda muhim turtki boʻldi. Bu tushuncha I. P. Pavlovning shogirdi K. M. Bikov va uning maktabi tomonidan rivojlantirildi. Ular interoretseptiv shartli reflekslar hosil boʻlishi mumkinligini aniqlab, I.ning katta yarim sharlar poʻstlogʻi va uning funksiyasiga taʼsir qilishini isbotlab berishdi. Bu narsa fiziolog va vrachlarga ichki aʼzolar taʼsirchanligini oʻrganishning yangi usulini ochib berdi. I.ni oʻrganish natijasida tibbiyot na-zariyasi va tajribasi uchun muhim boʻlgan omillar aniqlandi. Interotseptik impulslarning kuchli oqimi barcha qon tomirlar, yurak va oʻpkadan markaziy nerv sistemasiga oʻtib, tomirlar tonusini tartibga soladi. Hazm yoʻli ishini yaxshilashda ham I.ning ahamiyati katta. I. va eksteroretseptorlardan markaziy nerv sistemasiga keladigan taʼsirotlarning nisbati organizm reaksiyasining bir butunliligini va organizm ichki muhitining uzluksiz oʻzgarib turadigan tashqi muhit taʼsirlariga moslashishini taʼminlaydi.[1]
Manbalar
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.