Insieme: 1992

„Insieme: 1992“
Toto Cutugno singli
Chiqarilgan sanasi 1990-yil
Yozilgan sanasi 1990-yil
Janr Pop[1]
Davomiyligi 4:00
Leybl EMI
Qoʻshiq muallif(lar)i Salvatore Cutugno
Prodyuser(lar) Number Two
Toto Cutugno singllari xronologiyasi
„Gli amori“
(1990)
Insieme: 1992
(1990)
„Che sera“
(1992)
Official performance video
"Insieme: 1992" YouTubeda

„Insieme: 1992“ (italyancha talaffuzi: [inˈsjɛːme ˌmilleˌnɔveˈtʃɛnto noˌvantaˈduːe]; tarjimasi: „Birgalikda: 1992“) — Toto Cutugno tomonidan yozilgan va ijro etilgan qoʻshiq. U Italiya nomidan Eurovision qo'shiq tanlovi 1990da ishtirok etgan. Tanlov Zagreb shahrida oʻtkazilgan boʻlib, ushbu qoʻshiq Italiyaga Eurovision tarixidagi ikkinchi gʻalabasini olib kelgan.

Tarixi

Yaratilish tarixi

„Insieme: 1992“ qoʻshigʻi Toto Cutugno tomonidan yozilgan va ijro etilgan, matni esa italyan tilidadir. Xonanda ushbu taronada Yevropaning turli va bir-biridan ayro xalqlarini birlashtirish haqida kuylagan. Qoʻshiq nomidagi „1992“ raqami Yevropa Ittifoqi rasman ish boshlashi rejalashtirilgan yilga ishora boʻlib, bu orqali taronadagi ezgu umidlar hayotda oʻz aksini topishi nazarda tutilgan[2].

Eurovision

Italiyaning „Radiotelevisione italiana“ (RAI) teleradiokompaniyasi mazkur taronani Eurovision qoʻshiq tanlovining 35-mavsumida mamlakat nomidan qatnashish uchun ichki saralash orqali tanlab olgan. Tanlov qoidalariga koʻra, qoʻshiqning musobaqada ishtirok etishi uchun uni uch daqiqalik vaqt meʼyoriga moslab qisqartirish talab etilardi[3].

1990-yil 5-may kuni Zagreb shahridagi „Vatroslav Lisinski“ konsert zalida Eurovision qoʻshiq tanlovi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlov Yugoslaviya teleradiokompaniyasi (JRT) tarkibidagi Zagreb teleradiostansiyasi tomonidan oʻtkazildi va butun qitʼa boʻylab jonli efirda namoyish etildi. Tanlov oqshomida Cutugno „Insieme: 1992“ taronasini oʻn toʻqqizinchi boʻlib ijro etdi. U sahnaga Shvetsiya nomidan Edin-Ådahl guruhi kuylagan „Som en vind“ qoʻshigʻidan keyin va Avstriya vakili Simone ijrosidagi „Keine Mauern mehr“ taronasidan oldin chiqdi. Sahnada unga Sloveniyaning besh nafar xonandadan iborat „Pepel in kri“ bek-vokal guruhi hamrohlik qildi. Guruh tarkibidan Zvezdana Sterle, Ditka Haberl, Tadej Hrušovar „Dejvi“, Oliver Antauer va Miran Rudan oʻrin olgan boʻlib, ular bundan avval, yaʼni 1975-yilgi tanlovda Yugoslaviya sharafini himoya qilishgan edi. Italiya jamoasining chiqishi paytida tanlov orkestriga Gianni Madonini dirijorlik qilgan[4].

Ovoz berish jarayoni yakuniga koʻra, mazkur tarona 149 ball toʻpladi va yigirma ikkita ishtirokchi orasida birinchi oʻrinni egallab, tanlov gʻolibiga aylandi[5]. Bu Italiyaning ushbu musobaqadagi ikkinchi gʻalabasi edi.

Natijalar va keyingi voqealar

Ushbu gʻalabadan soʻng, Yevropa teleradioittifoqi (EBU) keyingi tanlovini oʻtkazish vazifasini gʻolib boʻlgan RAI kompaniyasiga topshirdi. 1991-yil 4-may kuni boʻlib oʻtgan keyingi tanlovni boshlovchilar — Cutugno va Gigliola Cinquetti oʻzlarining gʻolib qoʻshiqlari bilan ochib berishdi. Sahnada Cutugno „Insieme: 1992“ taronasini, Cinquetti esa „Non ho l'età“ qoʻshigʻini kuyladi[6].

Trek roʻyxati

CD-singl

  1. „Insieme: 1992“ — 4:00
  2. „Insieme: 1992“ (cholgʻu versiyasi) — 4:00

7" single

  1. „Insieme: 1992“ — 4:00
  2. „Insieme: 1992“ (cholgʻu versiyasi) — 4:00

Chartlar

Manbalar

  1. Petridis, Alexis „All 69 Eurovision song contest winners – ranked!“. The Guardian (2023-yil 11-may). Qaraldi: 2024-yil 15-sentyabr.
  2. „Insieme: 1990 - lyrics“. The Diggiloo Thrush.
  3. „National Selections: 1990“. Eurovisionworld.
  4. „Eurovision Song Contest 1990“. Eurovision Song Contest. 5 May 1990. JRT / EBU.
  5. „Official Eurovision Song Contest 1990 scoreboard“. Eurovision Song Contest.
  6. „Eurovision Song Contest 1991“. Eurovision Song Contest. 4 May 1991. RAI / EBU.
  7. "Toto Cutugno – Insieme: 1992" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  8. "Toto Cutugno – Insieme: 1992" (niderlandcha). Ultratop 50. Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
  9. „Eurochart Hot 100 Singles“ (PDF). Music & Media. 11 August 1990. Qaraldi: 19 June 2021.
  10. Pennanen, Timo. Sisältää hitin - 2. laitos Levyt ja esittäjät Suomen musiikkilistoilla 1.1.1960–30.6.2021 (fi). Helsinki: Kustannusosakeyhtiö Otava, 2021 — 55-bet. Qaraldi: 2023-yil 12-avgust. 
  11. "Toto Cutugno – Insieme: 1992" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  12. „Classifiche“ (it). Musica e Dischi. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-may. Set „Tipo“ on „Singoli“. Then, in the „Titolo“ field, search „Insieme: 1992“.
  13. „Playlist Report: Italy“ (PDF). Music & Media. 7-jild, № 22. 2 June 1990. 12-bet.
  14. „Top40 week 24 van 1990 (16-06-1990)“ (nl). Dutch Top 40. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  15. "Toto Cutugno – Insieme: 1992" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  16. „Top 3 Singles in Europe“ (PDF). Music & Media. 7-jild, № 35. 8 September 1990. VII-bet. OCLC 29800226. Qaraldi: 3 September 2021 — World Radio History.
  17. "Toto Cutugno – Insieme: 1992". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  18. "Offiziellecharts.de – Toto Cutugno – Insieme: 1992". GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2019-yil 14-mart.
  19. „Jahreshitparade Singles 1990“ (de). Qaraldi: 2025-yil 2-may.
  20. „Jaaroverzichten 1990“ (nl). Ultratop. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.
  21. „Eurochart Hot 100 of 1990“ (PDF). Music & Media. 7-jild, № 51. 22 December 1990. 60-bet. OCLC 29800226. Qaraldi: 15 January 2020 — World Radio History.
  22. „Top 100 Single–Jahrescharts 1990“ (de). GfK Entertainment. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.
  23. „Schweizer Jahreshitparade 1990“ (de). Qaraldi: 2025-yil 2-may.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.