Inshaalloh

Inshaalloh (/ɪnˈʃɑːlə/ ; arabcha: إِنْ شَاءَ ٱللَّٰهُ‎), shuningdek, In shaa Allah, Insha Alloh va In sha Alloh shakllari ham mavjud boʻlib, arab tilidagi ibora hisoblanadi. U „Xudo (Alloh) xohlasa“ yoki „Xudo (Alloh) istasa“ degan maʼnoni bildiradi[1]. Mazkur jumla Qur’onning Kahf surasida tilga olingan boʻlib, kelajakdagi voqealar haqida gapirganda undan foydalanish kerakligi xususida aytiladi[2]:

Zinhor bir narsani: „Buni ertaga albatta qilguvchiman“, dema. Magar: „Alloh xohlasa“, degin. Qachonchi unutsang, Robbingni esla va „Shoyadki, Robbim meni bundan yaxshiroqqa yaqin boʻlishimga hidoyat qilsa“, degin.

— Qurʼon, Kahf surasi 23–24-oyatlar, Tafsiri hilol, 3-juz, 480-bet[3].

Islomiy kontekstda Alloh xohlamasa, hech narsa sodir boʻlmaydi va uning irodasi barcha inson irodasidan ustun turadi, degan ishonchni ifodalaydi[4]. Ammo, bu ibora odatda musulmonlar, arab nasroniylari va boshqa dinlarga mansub arab tilida soʻzlashuvchilar tomonidan kelajakda sodir boʻlishiga umid qiladigan voqealarga ishora qilish uchun ishlatiladi va oʻzbekcha „umid qilaman“ soʻzi bilan bir xil maʼnoga ega[4][5].

Bu ibora istehzoli kontekstga ega boʻlib, biror narsa hech qachon sodir boʻlmasligini va Xudoning qoʻliga topshirilishini anglatadi yoki takliflarni rad etishning yumshoq usuli sifatida qoʻllanishi ham mumkin[6].

Yana qarang

  • Islom dinida ishlatiladigan iboralar
    • Alhamdulilloh – „Allohga hamdlar boʻlsin“
    • Zikr – Allohni zikr qilish
      • Tasbih – zikr qilish shakli
      • Tahlil – zikr qilish shakli
    • Mashalloh – „Xudo xohladi“
    • Kalimai shahodat – Islomiy eʼtiqod bayonoti
    • Takbir – arabcha ibora „Allohu ʾAllāhu ʾakbaru“ maʼnosini bildiradi.

Manbalar

  1. Clift, Rebecca; Helani, Fadi (June 2010). "In Sha'Allah: Religious invocations in Arabic topic transition". Language in Society 39 (3): 357–382. doi:10.1017/S0047404510000199. http://journals.cambridge.org/action/displayAbstract?fromPage=online&aid=7732876. 
  2. Abdur Rashid Siddiqui. Qur'anic Keywords: A Reference Guide. Kube Publishing Ltd., 2015-12-10. ISBN 9780860376767. 
  3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol, Tuzatilgan va qoʻshimcha qilingan ikkinchi nashr, Toshkent, 2008 — 671-bet. ISBN 978-9943-7034-8-3. 
  4. 4,0 4,1 John L. Esposito, ed (2014). "In Sha Allah". The Oxford Dictionary of Islam. Oxford: Oxford University Press. doi:10.1093/acref/9780195125580.001.0001. ISBN 9780195125580. https://archive.org/details/oxforddictionary00bada. 
  5. Anthony Shadid. „Allah – The Word“. The New York Times (2010-yil 11-yanvar).
  6. Ismail. „The One-Word Mystery of the Presidential Debate That Roused Muslims (and Right-Wing Bloggers)“ (en). Slate Magazine (2020-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.