Inbriding

Inbriding (ing. inbreeding, in -ichida va breeding — koʻpaytirish), insuxt — bir populyasiya doirasida yaqin qarindoshlar yoki umumiy ajdodga ega boʻlgan organizmlarni oʻzaro chatishtirish. Organizmda qarindoshlik darajasining ortib borishi bilan gomozigotali organizmlarning vujudga kelishi ehtimolligi ham orta boradi. Inbridingning eng yuqori darajasiga oʻsimliklarni oʻzoʻzidan changlantirish, hayvonlarni qon boʻyicha yaqin yoki uzoqroq qarindoshlari bilan (ona x oʻgʻil), (qiz x ota), (buvi x nabira) va hakozo shakllarda urugʻlantirish (qochirish) orqali erishiladi (qarang gomozigotalik). Masalan, oʻsimliklarni oʻz changi bilan majburiy (bir yillik, guli ikki jinsli oʻsimliklarda) va qarindosh individlar changi bilan qaytadan (ayrim jinsli, ikki pallali oʻsimliklarda) changlanadi. Inbriding natijasida inbrid (oʻz-oʻzidan changlangan) liniya (insuxt liniya) lar olinadi. IInbriding organizm belgi va xususiyatlarining avlodlarda rivojlanish va barqarorlashuvining ortib borishiga (konstantlikka) olib keladi. Tabiatda oʻz-oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarda iInbriding koʻpincha chetdan changlanish bilan almashib keladi. Oʻz-oʻzidan changlanish irsiy turgʻunlikni, chetdan changlanish esa geterozis va irsiy farqpanishni taʼminlaydi. IInbridingdan retsessiv allellarni aniqlashda, organizmlarning koʻp allellari boʻyicha gomozigota (sof liniyalar) olishda, zot va navlardagi biror belgini rivojlantiruvchi allellarni saqlab qolishda foydalaniladi. IInbridingni qoʻllab koʻplab ekinlar navlari va hayvonlar zotlari yaratilgan[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.