Iliada
„Iliada“ (/ˈɪliəd/ (
tinglang);[1] qadimgi yunoncha: Ἰλιάς, grc-x-attic; Troya urushi haqidagi doston) — yunon epik dostoni. Gomer yozgan deb taxmin qilinadi.
- Mil. av. XIII asr dagi Ilion, yaʼni Troya urushi haqidagi rivoyatlar asosida IX—VIII asrlarda paydo boʻlgan. Gekzametr (musaddas) oʻlchovida yozilgan (15700 misraga yaqin). „Iliada“ ning bosh qahramoni — Axill. Buyuk yoʻlboshchisi Agamemnon tomonidan haqoratlangan „Axillning qahri“ doston mavzuining asosini tashkil etadi. Unda yakkama-yakka qahramonona jang manzaralari, qamal qilingan Troyadagi hayot lavhalari, maʼbudalarning Olimpdagi munozaralari mutoyibali tasvirlangan.
- Asar Qodir Mirmuhamedov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1988)[2].
„Odisseya“ singari, bu doston ham 24 kitobdan iborat boʻlib, daktil gekzametr (oltlik sheʼr) usulida yozilgan. Uning eng keng tarqalgan nusxasi 15 693 satrni oʻz ichiga oladi. „Iliada“ koʻpincha Yevropa adabiyotining birinchi yirik asari sifatida eʼtirof etiladi va epik siklning markaziy qismini tashkil etadi[3].
- „Illiada“ ikki soʻzdan iborat, yaʼni Ilion (qadimgi Troya shaharning nomi, Odas-qoʻshiq deganidir.
SUJETI:
Bir kuni xudo Zevs Olimp togʻida yashovchi barcha xudolarni chaqirib, ziyofat beradi, bu ziyofatga janjal xudosi Eridani chaqirmaydi. Bundan gʻazablangan Erida Zevsdan oʻch olmoqchi boʻladi. Ziyofat vaqtida osmondan „Eng goʻzaliga“ degan bir olma tashlaydi. Xudolar oʻrtasida janjal chiqib, nihoyat olma uchta chiroyli mabuda (ayol) xudolar oʻrtasida talash boʻlib qoladi. Ulardan biri Gera Zevsning xotini, ikkinchisi Afina urush va donolik xudosi, uchinchisi Afrodita goʻzallar xudosi edi. Bu narsani Zevs ham hal qilolmaydi. „Sizlar pastga tushinglar, insonlarga murojaat qilsangizlar, insonlar olmani kimga tegishli ekanligini aytib beradilar“deydi Zevs.[4]
Maʼbudalar yerga tushib, Troya podshosi Priamning oʻgʻli Parisga yoʻliqadilar. „Shu olmani menga hukm qilib bersang, seni davlatmand qilaman“ deydi Gera. Afina esa uni donishmand va qudratli qilishga vaʼda beradi.[4]
Goʻzal Afrodita boʻlsa Parisga dunyodagi eng goʻzal xotinni olib bermoqchi boʻladi. Paris olmani Afroditaga hukm qilib beradi. Shu vaqtdan boshlab Afrodita Troyalilar doʻstiga, Gera bilan Afina esa Troyalilarning dushmaniga aylanadilar. Bir necha vaqtdan soʻng Paris Gresiyaga sayoxat qilib borib, shox Menslayning saroyiga mehmon boʻlib kiradi va uning goʻzal xotini Yelenani olib qochib ketadi. Fazablangan shoh Menslay qabila boshliqlaridan Agamemnon, Axiles, Odissey va barchalarini chaqirib, qoʻshin tuzadi va Troyaga qarshi urush boshlashga buyuradi. Faqat Agamemnon oʻz bolasini xudolarga qurbon qilgach, shamol paydo boʻlib, harbiy kemalar Troya tomon ketadilar. Toʻqqiz yil Troyani qamal holda saqlagan greklar oʻninchi yilda uni qoʻlga oladilar.4
Iliada Troya urushining oxirgi davrida, yaʼni Miken yunon davlatlari ittifoqi tomonidan Troya shahrini oʻn yil qamal qilish paytida yuz bergan voqealarni tasvirlovchi sheʼr boʻlib, urushning soʻnggi haftalaridagi muhim hodisalarni oʻzida aks ettiradi. Xususan, u mashhur jangchi Axillning gʻazabini (μῆνις) tasvirlaydi. Bu gʻazab Axill bilan shoh Agamemnon oʻrtasidagi keskin nizodan boshlanib, to Troya shahzodasi Gektorning halokatiga qadar davom etadi[5][6].
Mavzular
Din

Qadimgi yunon dini qatʼiy tashkiliy tuzilishga ega boʻlmagan, balki yunon xalqining turli eʼtiqodlaridan kelib chiqqan holda shakllangan[7]. Adkins va Pollard bu xususda shunday fikr bildirgan: „Ilk yunonlar oʻz dunyosining har bir jihatini (xoh tabiiy, xoh madaniy boʻlsin) va undagi tajribalarini shaxsiylashtirganlar. Yer, dengiz, togʻlar, daryolar, urf-odat qonuni (temis), jamiyatdagi oʻrni va uning neʼmatlaridagi ulushi — bularning barchasi shaxsiy hamda tabiat nuqtai nazaridan idrok etilgan.“[8] Ular dunyoni va undagi oʻzgarishlarni xudolarning aralashuvi yoki mavjudligi natijasi deb bilganlar. Koʻpincha bu hodisalarni sirli va tushuntirib boʻlmaydigan deb hisoblaganlar[9].
Iliadada Olimp xudolari, maʼbudalar va kichik ilohlar nafaqat oʻzaro kurashadi, balki insonlar urushlarida ham ishtirok etadi. Ular koʻpincha boshqa xudolarga qarshi turish uchun odamlarning janglariga qoʻshiladilar[10]. Gomerning xudolar tasviri uning hikoya qilish maqsadiga mos kelsa-da, miloddan avvalgi IV asr Afinaliklar tafakkurida xudolar haqida Gomer asarlaridagi kabi fikrlar mavjud boʻlmagan[9]. Tarixchi Gerodotning taʼkidlashicha, Gomer va uning zamondoshi Gesiod xudolarning ismlarini, tashqi koʻrinishini va xarakterini birinchi boʻlib yozma ravishda tasvirlagan adiblar hisoblanishadi[11].
Baʼzi olimlar xudolarning oʻzaro kelishmovchiliklari tufayligina foniy dunyoga aralashishi xususida muhokama qilishadi. Gomer Iliada dunyosini talqin qilishda xudolarning ehtirosli va hissiyotli holatlarini insonlar orasida sodir boʻladigan voqealarning hal qiluvchi omillari sifatida koʻrsatadi[12].
Afina va Gera Olimp togʻida boʻlib oʻtgan goʻzallik tanlovida Paris Afroditani ulardan-da goʻzalroq maʼbuda deb tanlagani uchun unga qarshi chiqadilar. Wolfgang Kullmann bu haqida shunday fikr bildirgan: „Paris hukmi natijasida Afroditaning gʻalabasidan Gera va Afinaning gʻoliblik borasidagi umidlari puchga chiqqani Iliadadagi ikkala maʼbudaning barcha xatti-harakatlarini belgilab beradi. Shuningdek, bu qarorni chiqargan hakam Paris va uning shahri Troyaga boʻlgan maʼbudalar nafratining asosiy sababi ham shu holat hisoblanadi.“[12]
Buning natijasida Gera va Afina butun doston davomida Axey qoʻshinlarini qoʻllab-quvvatlab kelishadi, Afrodita esa Paris va troyaliklarga yordam beradi. Ilohalar orasidagi his-tuygʻular koʻpincha ularning odamlar dunyosidagi harakatlariga taʼsir koʻrsatadi. Masalan, „Iliada“ning 3-kitobida Parisni yakkama-yakka jangga chaqirgan Menelay uni magʻlub qilish arafasidagi holat quyidagicha tasvirlanadi: „U Parisni sudrab olib borib, oʻchmas shon-shuhratga erishgan boʻlar edi, ammo Zevsning qizi Afrodita chaqqonlik bilan xom teridan yasalgan kamarni uzib yubordi.“[13] Shunday qilib, Afrodita Parisni Menelayning gʻazabidan qutqarib qoladi. His-tuygʻularning xatti-harakatlarga bunday bogʻliqligi doston davomida koʻplab marotaba uchraydi. Barcha xudolar doimiy ravishda insonlarning faoliyatiga aralashib turadi, ayniqsa, oʻz himoyalaridagi qahramonlarga ruhlantiruvchi nutqlar soʻzlash uchun, koʻpincha ularga tanish boʻlgan inson qiyofasida paydo boʻlishadi[12].
Mary Lefkowitz „Iliada“ dostonidagi ilohiy aralashuvning ahamiyatini tahlil qilib, quyidagi savolga javob topishga intiladi: ilohiy aralashuv alohida diskret hodisami yoki bunday ilohiy xatti-harakatlar shunchaki inson xarakterining metaforalarimi?[14]
Miloddan avvalgi V-IV asrlardagi Fukidid va Platon singari mualliflarning intellektual qiziqishi ularning „haqiqat yoki tasvir o;rniga, inson hayoti haqida fikr yuritish usuli“ sifatidagi fikrlari bilangina cheklangan edi. Buning sababi shundaki, agar xudolar inson metaforalari oʻrniga diniy timsollar boʻlib qolsa, ularning „mavjudligi“ — na aqidalar, na muqaddas kitoblar asosiga tayanmagan holda — yunon madaniyatiga keng intellektual imkoniyat va xalq sifatida oʻzlariga zarur boʻlgan har qanday diniy vazifaga mos keladigan xudolarni tasavvur etish erkinligini berishi mumkin boʻlar edi[14][15].
Taqdir (κήρ, kēr, „taqdirga yozilgan oʻlim“) Iliadadagi voqealarning aksariyatini harakatga eltiruvchi omil hisoblanadi. Xudolar va odamlar unga boʻysunadilar, unga qarshi chiqa olmaydilar va uni oʻzgartirishga ham qodir boʻlmaydilar.
Manbalar
- ↑ „Iliad“. Random House Webster's Unabridged Dictionary.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Fantuzzi, et al. The Greek Epic Cycle and Its Ancient Reception : A Companion. 2015.
- ↑ 4,0 4,1 Mhabbat Sharafiddinova. [https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/homer-iliada-rustam-ibragimov-taqdir-oldidagi-ojizlik.html „ANTIK DUNYO ADABIYOTI VA UNING MIFOLOGIYASI“]. Qaraldi: 20-may.
- ↑ Homer. Iliad, Volume I: Books 1–12. Translated by A. T. Murray. Revised by William F. Wyatt. Loeb Classical Library 170. Cambridge, MA: Harvard University Press, 1924.
- ↑ Homer. Iliad, Volume II: Books 13–24. Translated by A. T. Murray. Revised by William F. Wyatt. Loeb Classical Library 171. Cambridge, MA: Harvard University Press, 1925.
- ↑ Lawson, John Cuthbert. Modern Greek folklore and ancient Greek religion: a study in survivals. Cambridge University Press, 1910 — 2–3-bet.
- ↑ Adkins, A. W. H.; Pollard, John Richard Thornhill (2 March 2020). "Greek religion". Encyclopædia Britannica. https://www.britannica.com/topic/Greek-religion.
- ↑ 9,0 9,1 Mikalson, Jon. Honor Thy Gods: Popular Religion in Greek Tragedy. Chapel Hill: University of North Carolina Press, 1991.
- ↑ Kearns, E. (2004) ‘The Gods in the Homeric epics’, in R. Fowler (ed.) The Cambridge Companion to Homer. Cambridge: Cambridge University Press (Cambridge Companions to Literature), pp. 59–73.
- ↑ Homer’s Iliad, Classical Technology Center.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 Kullmann, Wolfgang (1985). „Gods and Men in the Iliad and the Odyssey“. Harvard Studies in Classical Philology. 89-jild. 1–23-bet. doi:10.2307/311265. JSTOR 311265.
- ↑ Homer. The Iliad. New York: Penguin Books, 1998 — 589-bet.
- ↑ 14,0 14,1 Lefkowitz, Mary (2003). Greek Gods, Human Lives: What We Can Learn From Myths. New Haven, Connecticut: Yale University Press.
- ↑ Taplin, Oliver (2003). „Bring Back the Gods“. The New York Times (14 December).
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.