Ideon
Ideon — bu birinchi shved texnoparki boʻlib, 1983-yilda Lundda asos solingan.
17-asrdan buyon oliy taʼlimning anʼanaviy markazi hisoblangan Ideon bilan Lund shahridagi oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilgan. 2001-yilda texnoparkda 170 ga yaqin firma faoliyatini olib borgan, ularga 2000 nafar xodim jalb qilingan. Lundda 120 000 talabani qamrab olgan 15 ta universitet faoliyat yuritadi.
Ideonda kompaniyalar faoliyati uchun mukammal sharoitlar yaratilgan — bu yerda banklar, konferens-zallar, yotoqxonalar, uzluksiz telekommunikatsiya xizmati va eng muhimi yosh istiqbolli kadrlar mavjud.
Hozirda laboratoriyalarning umumiy maydoni taxminan 100 ming m2 ni tashkil qiladi. Asosiy faoliyat yoʻnalishlari biotexnologiya, farmatsevtika, axborot texnologiyalari va elektronikadir. Birgina Lund Texnologiya Institutining oʻzi texnoparkda (Eriksson va boshqalar koʻmagida) maxsus chiplar va ularni yaratish texnologiyalarini ishlab chiqadigan bir qator innovatsion kompaniyalarni tashkil etdi. Shuning uchun Ideon texnoparki Shvetsiya Kremniy vodiysi deb ham ataladi.
Ideon biznes markazi innovatsion firmalarga huquqiy maslahatlar, marketing yordami beradi, biznes-reja ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalari va investorlarni izlashda koʻmakdoshdir.
Texnoparkda Lund universiteti tomonidan Shvetsiyaning IKANO va Teknopol investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Ideon Greenhouse inkubatori mavjud.
Havolalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.