Ibn Abu al-Hadid
Abu Homid Abdulhamid ibn Hibatulloh ibn Abu al-Hadid al Muʼtaziliy al-Madoiniy | |
|---|---|
| Unvoni |
Dinning shukuhi (Izz ad-Din) ابو حامد عز الدین |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
عبدالحمید بن ابی الحُسین ھبۃ اللہ بن محمد بن محمد بن الحُسین بن ابی الحَدِید المَدائنی 30 dekabr 1190 |
| Vafoti | iyun, 1258 (70 yoshida) |
| Dini | Islom |
| Hudud | Bagʻdod, Madain |
| Yurisprudensiya | Shofiʼiylik |
| Imom | Moʻtazila |
| Asosiy qiziqish(lar)i | Tarix, hadis |
| Mashhur ish(lar)i | Sharh Nahj al-Baloga |
‘Izziddin Abu Homid Abdulhamid bin Hibatulloh ibn Abu al-Hadid al-Mu’taziliy al-Madoiniy[1][2][3]. (arabcha: أبو حامد عز الدین عبدالحمید بن أبي الحُسین ھبة الله بن محمد بن محمد بن الحُسین بن أبي الحَدِید المَدائني المعتزلي), shuningdek Ibn Abu al-Hadid (30-dekabr 1190 – 1258-yil iyun; hijriy 586–656), mu’taziliy[4][5][6] shofi’iy[7] olimi va yozuvchisi boʻlib, Oʻrta asrlar davrida yashab ijod qilgan. U Abul-Xayr Musaddiq ibn Shabib al-Vasiti (milodiy 1208/hijriy 605-yilda vafot etgan)[8] qoʻlida tahsil olgan va asosan Nahj al-Balogaga yozgan sharhi – Sharh Nahj al-Balogasi bilan tanilgan.
Tugʻilishi
Ibn Abu al-Hadid hijriy 586-yil zulhijja oyining birinchi yakshanbasida/ milodiy 1190-yil 30-dekabrda Al-Madoin (hozirgi Salman Pak, Bagʻdod gubernatorligi, Iroq) shahrida tugʻilgan.
Qarashlari
U hadislarning soxtalashtirilishi haqida shunday deydi: yolgʻonlar shialarning hadis toʻplamlariga ularning imomi Alini ulugʻlash maqsadida yoki boshqa diniy guruhlarga boʻlgan adovati tufayli kiritilgan[9]. Dastlabki xalifalik borasida esa, al-Hadid oʻzining Sharh Nahj al-Baloga asarida Alining ilk xalifalik davridagi mavqeini sharhlab beradi. Uning fikricha, Ali roshidun xalifaligini maʼqullamagan va ular ortidan namozlarda ergashmagan. U, shuningdek, oʻzini Alining namunasi bilan cheklashini va undan oshib ketmasligini, hatto Muoviyani laʼnatlashgacha borishini bayon qiladi[10].
Asarlari
- Sharḥ Nahj al-Balāgʻah (arabcha: شرح نهج البلاغة); Nahj al-Balogaga yozilgan sharh boʻlib, u yerda Ali ibn Abu Tolibga nisbat berilgan rivoyatlar toʻplangan. Ushbu asarning 20 jildli nashri Muhammad Abul-Fazl Ibrohim tomonidan (Qohira: Iysa al-Bobiy al-Holabiy) 1959–1964-yillarda chop etilgan.
Yana qarang
Manbalar
- ↑ E. J. Brill’s first encyclopaedia of Islam, 1913-1936, Volume 2 by Martijn Theodoor Houtsma, 1987, p736
- ↑ Ibn Khallikanʼs biographical dictionary by Ibn Khallikān, 1868, p543
- ↑ Authority and political culture in Shi’ism by Saïd Amir Arjomand, 1988, p233
- ↑ The life of Caliph Ali by Abul Hasan Alī Nadvī, Academy of Islamic Research & Publications, 1991, p88, "..The great Mutazilli scholar Ibn Abi al-Hadid, author of Sharh Nahjul Balagha…"
- ↑ The Islamic review: Volume 49, Khwajah Kamal al-Din, 1961, p29, "we will do well to quote the views of Ibn abi’l-Hadid who was a moderate Shi’ah…"
- ↑ Harvard Middle Eastern and Islamic review, Volumes 2-3, Center for Middle Eastern Studies, Harvard University, 1995, p55, "Ibn Abi al-Hadid (d. 1257), the well- known Mu’tazili …"
- ↑ "wafat al ayan".. By Ibn Khalikkan, on the entry of ibn Abil Hadid, (وفيات الأعيان وأنباء أبناء الزمان: واشتغل بفقه الإمام الشافعي)
- ↑ „Nahjul Balagha Part 1, The Sermons“. Al-Islam.org. 2006-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-noyabr.
- ↑ Sharh Najh ul Balagha by Izz al-Din Abd al-Hamid ibn Hibat-Allah ibn Abi al-Hadid, Dar al Kutub al Arabiyya al-Kubra, Cairo
- ↑ Harvard Middle Eastern and Islamic review, Volumes 2-3, Center for Middle Eastern Studies, Harvard University, 1995, p30
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.