IKEA

IKEA International Group
Turi furniture store chain va brend
Xizmatlari Chakana savdo, Yogʻochni qayta ishlash
Qachon asos solingan 28-iyul 1943[1]
Asoschi(lari) Ingvar Kamprad
Rahbarlari Ingvar Kamprad, Asoschi
Anders Dahlvig, Prezident
Hans Gydell, Prezident
Daromadi US$28.6 miliard (2007)[2]
Ishchilar soni 104,000 (2006)
Vebsayti www.ikea.com

IKEA - Shvetsiya kompaniyasi, mebel va uy jihozlari sotish boʻyicha dunyodagi eng yirik savdo markazlariga ega boʻlgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Toʻliq nomlanishi – IKEA International Group. Kompaniya bosh ofisi – Leyden shahri, Gollandiya(Niderlandiya) provinsiyasida joylashgan[3].

Tarix

Ingvar Kamprad,IKEA ning asoschisi

Kompaniya ildizlari Shvetsiyaga borib taqaladi va marketing siyosati maqsadida Shvetsiya imidjini saqlashga harakat qiladi. 1943-yil Ingvar Kamprad kompaniyaga asos solgan. Mebel kompaniya maxsulotlar asortimentiga 1947-yildagina qoʻshilgan. 1955-yildan boshlab “IKEA” oʻz xususiy markasi ostida mebel ishlab chiqishni boshlaydi. Boshida Kamprad mahsulotlarni oʻz uyi va pochtadan sotishni boshlaydi,1958-yilga kelib esa birinchi savdo markazi ochiladi. IKEA atamasi “Ingvar Kamprad Elmtaryd Agunnaryd” soʻzlari bosh harflari yigʻindisidan tashkil topgan, ya'ni kompaniya asoschisi ismi sharifi va u yashagan ikki turar joy nomlari.

Boshqaruv

IKEA kompaniyasi Stichting Ingka Foundation fondiga tegishli.(gruppaning bosh kompaniyasi - Ingka Holding B. V, Gollandiya) Kompaniya prezidenti – Anders Dal`vig. 2006-yil Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning eng boy shaxslari safiga kiradi. Ingvar Kamprad – kompaniya asoschisi va egasi, dunyoning eng boy shaxslari ichida toʻrtinchi oʻrinda, uning mulki $28 milliardni tashkil etadi.

IKEAning Pitsburg, Pensilvaniyada joylashgan bayroqlari

Faoliyat turi

Map of countries with IKEA stores:
  Joriy bozor joylari
  Bozorning kelajakdagi joylashuvi
  Sobiq bozor joylari
  Joriy yoki rejalashtirilgan bozor joylari yo'q

IKEA kompaniyasining asosiy faoliyati mebel ishlab chiqarish va sotish hisoblanadi.Ushbu mebelni hech kimning yordamisiz uyda terib olish mumkin. 2006-yil maʼlumotlariga koʻra kompaniya 33 davlatda 229 ta savdo markazlariga ega. Savdo markazlarining asosiy qismi Evropada joylashgan.IKEA kataloglari bepul tarqatiladi, 2006-yilda 160 million nusha chop etilgan. Swedwood kompaniyasi(IKEA konserni) dunyoning 11 davlatida 30 dan ortiq mebel va yogʻochni qayta ishlash tashkilotlarga egalik qiladi. IKEA da ish bilan taʼminlangan ishchilar soni – 104 ming kishini tashkil etgan(2006yilda). Hoovers maʼlumotlariga koʻra IKEA ning 2005-yilgi oboroti $18 mlrdni tashkil etgan.

IKEA Rossiyada

IKEAning Moskva dagi ilk savdo markazi 2000-yilda ochildi. 2002-yil dekabr oyida birinchi “Mega” (maydoni – 150 000 kv.m, investisiya hajmi - $200mln) ochilgan. 2007-yil fevral oyiga binoan Rossiyada IKEA ning 8 ta savdo markazlari (Moskvada – 3 ta, Sankt- Peterburgda –2 ta,Kazan,Nijniy Novgorod va Ekaterinburgda – 1tadan) faoliyat olib bormoqda.

Magazinlar roʻyhati

  • IKEA Himki
  • IKEA Tyopliy Stan`
  • IKEA Belaya Dacha
  • IKEA Dibenko ko`chasi (Sankt-Peterburg)
  • IKEA Parnas
Boshqa shaharlar
  • IKEA Kazan
  • IKEA Ekaterinburg
  • IKEA Nijniy Novgorod
Qurilayotgan magazinlar

Manbalar

  1. (unspecified title)
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named financialtables
  3. IKEA qanday faoliyat olib boradi, 2006-08-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-20

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.