Huqna

Huqna (klizma) — toʻgʻri ichakka anusdan maxsus asbob yordamida suyuqlik (koʻpincha suv) yuborishdan iborat tibbiy muolaja. Tozalovchi huqna (ichakdagi narsalarni chiqarib tashlash uchun qoʻllanadi), dori huqna va oziq huqna farq qiladi. Huqna faqat shifokor koʻrsatmasiga muvofiq amalga qoshiriladi, chunki baʼzi hollarda (appenditsit, ichak buralib qolishi va hokazo) u ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Huqna uchun maxsus noksimon rezina ballon (baʼzan maxsus qattiq uchlikli qisqichi yoki joʻmragi hamda uchligi bor rezina naychali voronka) qoʻllanadi, shuningdek, esmarx krujkasidan foydalaniladi, unga suyuqlik bir meʼyorda borishi uchun joʻmrakcha, biriktirish naychasiga esa uchlik oʻrnatilgan. Tozalovchi huqna qabziyatda, oziq-ovqatdan zaharlanganda, meʼda-ichak yoʻli va kichik chanoq aʼzolarini rentgenologik tekshirishdan, operatsiyadan, tugʻishdan, dori va oziq huqnadan oldin qoʻllanadi. Baʼzi bir davo huqnasi ayni vaqtda tozalovchi huqna funksiyasini ham oʻtaydi (moychechakli, gipertonik, yogʻli va boshqalar). Huqnaning taʼsiri suyuqlik miqdoriga, uning tezlik bilan bosim ostida yuborilishiga bogʻliq. Katta yoshdagilar uchun oʻrtacha 1 l ga yaqin toza iliq suv kerak boʻladi. Suv yuborib qilinadigan tozalovchi huqna qabziyatda ichak shilliq pardasini taʼsirlab, ichakning toʻlqinsimon harakati (peristaltikasi) ni kuchaytiradi, natijada bemorning ichi keladi. Agar bemorning qimirlashi mumkin boʻlmasa uni chalqancha yotqizib huqna qilinadi, bemorning ostiga tuvak qoʻyiladi. Qorin muskullari haddan tashqari tarang boʻlsa, huqna qilinayotganda bemor tizza va tirsaklariga tayanib turishi kerak. Huqna qilishdan oldin uchlikka vazelin yoki glitserin surtiladi.

Bajarilishi

Bemorni kleyonka solingan oʻrin chetiga chap yonboshi bilan yotqiziladi. Chap qoʻlning birinchi va ikkinchi barmoqlari yordamida dumba kerilib. Oʻng qoʻl yordamida uchlik aylanma harakat bilan toʻgʻri ichakka 10—12 sm kirgiziladi. Huqnadan soʻng mumkin qadar 5—10 daqiqa hojatga chiqmay turgan maʼqul. Yogʻli huqna uchun oʻsimlik moyini 200 ml (bolalarga 30 — 50 ml) hajmida kechqurun yuboriladi. Bunda noksimon rezina ballon ishlatiladi. Dori huqna dori moddalarining ichak shilliq pardasiga taʼsir etishi va dorining organizmga ichak orqali soʻrilishi maqsadida qoʻllanadi. Dori moddalari 10 ml va undan oz miqdorda yuborilganda yaxshi soʻriladi. Dori huqna qilishdan oldin albatta tozalovchi huqna oʻtkazish kerak. Oziq huqna — sunʼiy ovqatlantirishning bir turi. U organizmning suyuqlikka, osh tuziga va oz miqdorda boʻlsada, oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qoʻllanadi. Oziq huqna uchun osh tuzining fiziologik (izotonik) eritmasi, 5 % li glyukoza eritmasi va aminokislotalar eritmalaridan foydalaniladi. Bunday huqna tozalovchi huqnadan keyin qilinadi. Oziq huqna faqat vrach koʻrsatmasiga binoan davolash muassasalarida qoʻllanadi.

Manbalar



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.