Hujjat

Hujjat — keng maʼnoda — maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). Hujjat matn, tasvir, tovush va boshqalardan ibo-rat boʻlishi mumkin.

Mazmuniga koʻra, Hujjat ilmiy-texnika Hujjatlari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va hokazo), huquqiy Hujjatlar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va hokazo), boshqaruv Hujjatlari (buyruqlar, koʻrsatmalar, qarorlar va hokazo)ga boʻlinadi. Shakllanish manbaiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi (referatlar, anno-tatsiyalar va hokazo) Hujjatlar farqlanadi. Idora Hujjatlari toʻplami, odatda, kirish, chiqish va ichki (xizmatda foydalanish uchun) Hujjatlariga boʻlinadi. Mas, bank muassasasi Hujjatlari ichidagi mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: toʻlov topshiriqnomalari, chek va boshqa kirish Hujjatlari; bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan Hujjatlar chiqish Hujjatlari hisoblanadi.

Huquq fanida hujjat deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan (shaxsning tugʻilganlik, maʼlumot olganlik, nikohdan oʻtganlik, mehnat staji kabi) faktlarni tasdiqlovchi, yozma aktlar tushuniladi. Hujjat sud ishlarini yuritishda faktlarni aniqlash vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. Hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi (qarang Xujjatlarni qalba-kilashtirish).





Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.