Hovuz

Hovuz — suv yigʻish va saqlash uchun qazilgan chuqur joy; ichimlik suvi saqlanaligan sunʼiy suv havzasi. H.ning toʻrtburchak, aylana, koʻp (6— 8) qirrali koʻrinishga ega turlari mavjud. Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharqning ayrim mamlakatlarida keng tarqalgan; asosan masjidlar yonida shaharlar maydonlari, bogʻlar, chorbogʻlar, saroy hovlisi va boshqalarda bunyod etilgan; atrofi toshlar bilan qoplab yoki daraxtlar ekib mustahkamlangan. H.lar favvoralar bilan bogʻliq boʻlgan. H.ning qadimdan meʼmorlikda ahamiyati katta boʻlgan. Qad. Misrda toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi H. yoʻlkaning 2 tomonida bunyod etilgan. Keyinchalik meʼ-moriy majmualar mujassamotida H.dan unumli foydalanila boshlangan: Agradagi Tojmahal, Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Labihovuz, bolohovuz va boshqa shular jumlasidan. XVIII asrga oid yozma manbalarda qayd etilishicha, Toshkentning markaziy maydoni — Registon va Shayxontohurda eng katta H.lar boʻlgan, uning atrofida tut, chinor daraxtlari oʻsgan, qoʻlyozmalarga ishlangan miniatyuralarda ham H. oʻz ifodasini topgan. Turkiya meʼmorligida uy devorlariga taqab yarim aylana shaklida bunyod etilgan H.lar ham uchraydi. Marmar qoplab ishlangan H. bejirim koʻrinishga ega boʻlgan, sirtlari ravoqlar, guldastalar, jez panjaralar bilan bezatilgan.

Buxoro shahrida 300 dan ortiq H. boʻlgani XIX asr hujjatlarida qayd qilingan. XX asrda esa sanitariya talablari bahonasi bilan aksari H.lar quritib oʻrniga binolar qurilgan. Hozir Oʻzbekiston hududida tabiiy sharoitlarni hisobga olgan holda H. (suv havza)lar bunyod etiladi, ular favvoralar bilan uygʻunlikda ajoyib manzara, soʻlim maskanlar hosil qiladi. Shuningdek, suzishga moʻljallangan H.ning usti ochiq va yopiq turlari koʻplab quriladi. Shuningdek, H.ning betonli va kafelli koʻrinishlari bor.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.