Hofiz

Hofiz (arab.: حافظ قرآن yoki حافظ, Hafiz, „vasiy“) – musulmonlar tarafidan Qurʼonni butunlay yodlab olgan insonlarga nisbatan qoʻllaniladigan atama.

Hofiz (arab. – yoddan biluvchi, saqlovchi) – VII asrdan arablarda Qurʼon suralarini yoddan qiroat bilan oʻquvchi kishi, qori. XI asrdan musulmon Sharq mamlakatlari (jumladan, Oʻrta Osiyo va Xuroson)da mumtoz gʻazal va dostonlarni yoddan aytgan kishilar, shuningdek, oʻzi ham ijodkorlik qobiliyatiga ega, kuyohanglarni esda saqlash quvva (hofiza)si oʻtkir boʻlgan, yuqori malakali ashulachi, xonanda (mas, Toʻychi hofiz, Levicha hofiz, Madumar hofiz va boshqalar). Ayni paytda, oʻz gʻazallarini ohangli oʻqigan hassos shoirlarga ham H. darajasi nisbat berilgan (Hofiz Sheroziy, Hofiz Xorazmiy va boshqalar). Xalq orasida „H.i namudor“ (nom qozongan H.), „H.i nusrat“ (gʻalaba qozongan, hofizlar bellashuvida gʻolib chiqqan H.), „H.i mehrobxon“ (Qurʼon suralarini, „Naʼt“ kabi diniy aytimlarini oʻta yoqimli ovoz bilan oʻqiydigan H.; mas, Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida tilga olingan Hofiz Jaloliddin Mahmud va boshqalar), „H.i Qurʼon“ (butun Qurʼonni yod bilgan qori) kabi atamalar ham qoʻllangan.

Oʻrta Osiyoda H. va hofizlik sanʼ-ati „jirchi“, „oqin“, „girchi“, „giranda“ deb atalgan oʻziga xos xonan-dalik anʼanalari negizida rivoj topgan (qarang Borbad, Jirov). Oʻzbekistonda 1920-yillarda „Turkiston Respublikasi xalq hofizi“ unvoni M.Qoriyoqubov, Toʻychi hofizlarga berilgan. 1940—60 yillarda va 1990-yildan „Oʻzbekiston xalq hofizi“ un-voni joriy etilgan.

Baxriddin Nasriddinov.

Havolalar




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.