Hisobot
Hisobot — korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat, statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, maʼlumotlar, hisobkitob hujjatlari elektron shaklda taqdim etiladi. Balans xisoboti, moliyaviy xisobot va statistik xisobotlar, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Balans H.i — kompaniya buxgalteriya xisobotining asosiy shakli boʻlib, muayyan sana uchun kapitalni shakllantirish manbalari va kapi-tal qoʻyilmalar yoʻnalishini tavsiflaydi. Ikki tomonlama jadval shaklida tuziladi; uning chap qismi (aktiv)da kapital tarkibi va uning joylashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar, oʻng qismi (passiv)da kapi-tal manbalari koʻrsatiladi. Aktivda asosiy va aylanma kapital koʻrsatkichlari, passivda oʻziniki boʻlgan va jalb etilgan kapital tuzilmasi va miqdorlari beriladi. Juda batafsil tuziladigan ichki balans kompaniya boshqaruvi tomonidan kompaniya faoliyatini rejalashtirish va boshqarish-da, filiallar ishini nazorat qilishda foydalaniladi. Tashqi balans tashqi xisobotning boshqa shakllari bilan birga kompaniya faoliyati toʻgʻrisida toʻliq va ochiq axborot hisoblanadi. Davlat soliq va yuqori rahbarlik organlariga, fond birjalariga taq-dim etiladi, aksiyadorlar oʻrtasida tarqatiladi, maxsus maʼlumotnomalarda eʼlon qilinadi. Tijorat-savdo sirini saqlash maqsadlarida kompaniyalar balansida rasman ruxsat etilgan modda (band)larni guruhlash va umumlashtirishdan keng foydalaniladi (qisqa balans). Kompaniyalarning moliyaviy Hisobot hisobot topshirishning majburiy shakli. Unga quyida-gilar kiradi: kompaniyaning umumiy balansi; foyda va koʻrilgan zarar toʻgʻrisida hisobot; pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot va kompaniya rahbariyatining umumiy majlisda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kom-paniya paychilari yoki aksiyadorlari eʼtiboriga havola etiladigan yillik dokladi.
Korxonalarning statistik hisoboti iqtisodiyotdagi ayrim boʻgʻinlarning ish koʻrsatkichlarini jamlash orqali tarmoqlar, mintaqalar va mamlakat iqtisodiy faoliyatining statistik koʻrsatkichlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Dildora Saidova.
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.