Hech narsa
Hech narsa, hech nima — har qanday sifatning , muayyan obʼyektning va umuman bor boʻlgan narsalarning yoʻqligini, mavjud emasligini ifo-dalovchi falsafiy tushuncha. U mavjudlik, borliq, nimadir degan tushun-chalarning qarama-qarshisi. U — yoʻqlikdir. Yoʻqlik — Hech narsadir. Borliq tushunchasi nimaningdir mavjudligini ifodalasa, yoʻqlik tushunchasi esa oʻsha joyda nimaningdir mavjud emasligini anglatib, nimaning aksi boʻlgan Hech narsani ifodalaydi. Yoʻqlikdeb oʻtmishdagi va kelajaqdagi hodisalarning hozirgi zamonda (aynan shu vaqt-da) yoʻq ekanligiga qoʻllash mumkin. Bugungi hodisa kecha yoʻq edi, ammo potensial (imkoniyatdagi) borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yoʻqlik, ammo potensial borliqdir. Biz oʻtmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi oʻzgarish surʼatiga va tendensiyalariga qarab faraz qilamiz. Bugungi voqelik ertaga esa yoʻqlikka aylanadi, bugun tirik boʻlgan koʻpgina jonivorlar ertaga oʻlik boʻladi. Mutlaq yoʻqlikning oʻzi yoʻkdir. Hech narsa ni gnoseologik maʼnoda ham tushunish mumkin. Biz yoʻq deb hisoblagan obʼyektlar hozircha bizning fikr doiramizdan (bilish chegarasidan) chetda qolgan boʻlishi ham mumkin. Oʻtgan asrlarda elektromagnit may-donining , koʻpgina elementar zar-ralarning mavjudligi haqidagi tasavvurlar yoʻq edi. Aniqrogʻi, biz ularning mavjudligini bilmas edik. Ular biz uchun "yoʻqlik" hisoblanar edi.
Hech narsa tushunchasi haqida qadimdan mutafakkirlar fikr yuritib kelishadi. Demokrit harakat va oʻzgarishlar boʻlishi uchun borliq (atomlar) va boʻshliq (Hech narsa) boʻlishi lozim, deb taʼkidlagan. Sofist Gorgiy Hech narsa bor-liqning teskari tomonidir deydi. Platon va Aristotel fikricha, Hech narsa oʻz-oʻzicha imkoniyat, passiv bogʻliqlik boʻlib, bu sifatlar har bir konkret narsada mujassamlashgan boʻladi. Plo-tin falsafasida Hech narsa, yaʼni yoʻqlik yomonlik bilan aynanlashtiriladi. Sharq falsafasida, kalom taʼlimotida, Forobiy va Ibn Sino asarlarida Hech narsa azaliy borliqsan tashqaridagi iroda sifatida talqin etiladi va u hamma narsaning ibtidosi va intihosidir deb taʼkidlanadi. Hayopg falsafasitsa hamma balolar yoʻqlikdan kelib chiqadi, deyiladi.
Gegel "Mantiq fani" asarida Hech narsa sof borliqning qarama-qarshisi, kategoriyalar harakatining dastlabki bosqichidir deb hisoblagan. XIX asr oxiri — XX asr boshlariga kelib anʼanaviy metafizika taʼlimotining susay-ishi tufayli Shopengauer, Nitsshe, Bergson tomonidan Hech narsa maʼnosiz tushuncha sifatida falsafiy isteʼmoldan chiqarib tashlandi. Ammo, zamonaviy kosmologik konsepsiyada hamma narsa oʻsha Hech narsadan vujudga kelgan deyiladi. Shunday ekan, Hech narsa aslida hamma narsaning ibtidosi va instituti-hosi, asosi va davomchisi, sababchisi va oqibati, yaratuvchisi va yoʻqotuvchisidir.
Adabiyot
- Al -Farabi, Filosofskiye trak-tatn, Alma-Ata, 1970;Turayev B.O., soderjaniye prostranstva i vremeni v proshlom i nastoyashem, v kn. Klassicheskaya nauka Sred-ney Azii i sovremennaya mirovaya sivilizatsiya, T., 2000; Podolnny R., Hech ni-maningoʻzi nima?, T., 1987;Toʻrayev B.O., Karimov B.R., Hozirgi zamon fanlarida imkoniyat muammolari, T., 1993.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.