Hamroqulbek
| Hamroqulbek | |
|---|---|
Hamroqulbek | |
| Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | Samarqand |
Hamroqulbek — Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi. Hamroqulbek qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi. Bahrombek qoʻrboshinning asosiy oʻrinbosarlaridan biri[1].
Qoʻrboshilik faoliyati
Hamroqulbek Samarqand yaqinidagi Pastqishloq (Pastdargʻomda) tavallud topgan. Ahmad Zaki Validiy maʼlumotlariga koʻra Hamroqulbek Ochilbekdek singari oʻqimishli, jasur, oriyatli boʻlgan Shakuriyning oʻquvchisi boʻlgan. 1918—1925-yillarda qizil armiya bilan boʻlgan janglarda faol ishtirok etgan. Ochilbek vafot etgach, Hamroqulbek Samarqand qoʻrboshilari yetakchisiga aylangan. Validiy Samarqand qoʻrboshilari toʻgʻrisida soʻz yuritib shunday yozgan: "Ruslar bosmachilarning hammalarini eski talovchi, bosqinchi deb hisoblashadi. Lekin Samarqand rahbarlarining koʻpchiligi Vatanga sodiq, fidoyi, dunyo ahvolidan voqif kishilar edilar". Turkiyalik tadqiqotchi Ali Bodomchining qoʻrboshilar xotiralari hamda Adana shahrida saqlanayotgan qoʻrboshilar arxivi maʼlumotlariga tayanib, „Sharqiy Buxoro va Samarqand- Zarafshon qoʻrboshilari“ qismida shunday yozadi: „Mulla Hamroqulbek boshida 100 nafar yigit bilan faoliyatini boshlab, keyinchalik ularning miqdori 1000 nafardan ham oshirgan. Mulla Mustafo, Mulla Togʻay, Xizirbek, Mallaboy Xudoyor, Mulla Dehqon, Muhammad ismli yigitlar Mulla Hamroqulning mintaqa qorboshilar edi. Bular ingichka kasabasi (posyolkasi) va uning atroflarida hokimlik qilganlar. Bundan tashqari Yangiqoʻrgʻonda Hamro qoʻrboshi, Moʻyitanlida, Joʻrabek, Oqtepada Mulla Qorakul, Shoʻrchada Muhamamdqul Eshon kabilar boshqa mintaqa qoʻrboshilari edilar“. 1925-yil aprel oyida Samarqandda boʻlgan janglarda qattiq magʻlubiyatga uchragan. Validiyning soʻzlariga koʻra u Afgʻoniston orqali Turkiyaga joʻnagan[2].
Manbalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.