Gʻusl
Gʻusl (arabcha: غسل – choʻmilish) – pok boʻlish uchun butun badanni maxsus tartibda yuvish. Gʻusl jinsiy aloqa, ihtilom, hayzdan keyin farz boʻladi. Hanafiylik mazhabida gʻuslning sharti 3 ta – ogʻizni gʻargʻara qilish, burunni yaxshilab yuvish, badanning hamma joyini suv bilan poklash. Boshqa mazhablarda ogʻiz-burun chayish farz emas.
Islomda bir haftada bir marta (juma kuni), ikki hayit va arafa kunlari gʻusl qilish sunnat sanaladi. Gʻusl katta tahorat deb ham ataladi. Gʻusl mayitga nisbatan ham ishlatilib, bu ishni gʻassol (yuvgʻuchi) bajaradi[1] .
Qurʼondagi dalil
Qurʼonda gʻusl haqida Niso surasining 43-oyatida quyidagicha zikr qilingan:[2]
43. Ey iymon kеltirganlar! Mast holingizda, to aytayotgan gapingizni biladigan boʻlmaguningizcha, namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham, to gʻusl qilmaguningizcha. Magar yoʻldan oʻtuvchi boʻlsa, mayli. Agar bеmor yoki safarda boʻlsangiz, yoki sizdan biringiz hojatdan kеlsa, yoxud ayollarga yaqinlashgan boʻlsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq ila tayammum qiling. Bas, yuzlaringizga va qoʻllaringizga mash torting. Albatta, Alloh oʻta afv qiluvchidir, oʻta magʻfirat qiluvchidir. — „Tafsiri hilol“ kitobidanيَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَقْرَبُوا الصَّلَاةَ وَأَنْتُمْ سُكَارَى حَتَّى تَعْلَمُوا مَا تَقُولُونَ وَلَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِي سَبِيلٍ حَتَّى تَغْتَسِلُوا وَإِنْ كُنْتُمْ مَرْضَى أَوْ عَلَى سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِنْكُمْ مِنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَفُوًّا غَفُورًا
— Qurʼon, Niso surasi 43-oyat
Bundan tashqari Moida surasining 6-oyatida ham bu borada oyat kelgan:[3]
6. Ey, iymon kеltirganlar! Namozga turmoqchi boʻlsalaringiz, yuzlaringizni va qoʻllaringizni chigʻanoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga mash tortinglar. Va oyoqlaringizni toʻpiqlari ila yuvinglar. Agar junub boʻlsalaringiz, poklaninglar. Agar bеmor yoki safarda boʻlsalaringiz yoxud birortalaringiz tahoratxonadan kеlsa yoki ayollarga yaqinlik qilsa-yu, suv topa olmasalaringiz, bas, pokiza tuproq ila tayammum qilinglar. Undan yuzingizga va qoʻllaringizga mash tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik tugʻdirishni istamas. Ammo sizlarni poklashni va sizlarga Oʻz nеʼmatini batamom qilib bеrishni istaydir. Shoyadki, shukr qilsangizlar. — „Tafsiri hilol“ kitobidanيَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ وَإِنْ كُنْتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُوا وَإِنْ كُنْتُمْ مَرْضَى أَوْ عَلَى سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِنْكُمْ مِنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ مِنْهُ مَا يُرِيدُ اللَّهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ حَرَجٍ وَلَكِنْ يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
— Qurʼon, Moida surasi 6-oyat
Manbalar
- ↑
„Gʻusl“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Gʻ-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
- ↑ „Niso surasi“. Islom.uz. 2025-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 7-aprel.
- ↑ „Moida surasi“. Islom.uz. 2025-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 7-aprel.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.