Gulshira
Gulshira, nektar — oʻsimlikning shira bezlaridan chiqadigan shirin suyuqlik. Shira bezlari koʻpincha gulning ichida, kamdan-kam barg bandida, barg chetlarida, yonbarglarda va gulyonbarglarda joylashadi; ular gʻudda, boʻrtmacha, chuqurcha, halqacha, tarnovcha shakllarida boʻladi. Gulshiramurakkab modda boʻlib, qandning suvdagi eritmasi (glyukoza, fruktoza, saharoza)dan iborat. Uning tarkibida koʻp miqdorda spirt (manit), dekstringa oʻxshash boʻyovchilar, azotli va aromatik moddalar, mineral tuzlar, kislota va fermentlar boʻladi. Gulshirachetdan changlanishni taʼminlaydigan asalari va b. hasharotlar (ari, tukli ari, kapalaklar) uchun ovqat hisoblanadi. Oʻsimlikning Gulshiraajratish jarayoni koʻp jihatdan uning yoshi, gullash fazasi, kecha-kunduzga, havo harorati va namlikka bogʻliq (mas, gʻoʻzaning har bir guli bir kecha-kunduzda oʻrtacha 8,08 — 12,32 mg Gulshiraishlab chiqaradi). Tarkibida koʻp miqdorda shirasi boʻlgan oʻsimlikda nektar ajralishi fotosintezga bogʻliq. Shuning uchun unga quyosh nuri zarur. Bundan tashqari turli vaqtda yoki turlicha oʻsimliklardan yigʻilgan G.da qand miqsori bir xil boʻlmaydi. Bu esa ularning sifat jiqatidan bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Asalari organizmida qayta ishlangan G.dan asal hosil boʻladi.
Lutfulla Abdurahmonov.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.