Gruppa

Gruppa (nem. Gruppe) — 1) guruh — biror jihati (belgisi, xususiyati, maqsad-gʻoyasi, faoliyati va b.) bilan oʻzaro bogʻliq yoki yaqin narsa va jonzodlar majmui (mas, qon G.si, ijtimoiy G.); 2) matematikada — algebraik sistemalarning bir turi. Matematika ning turli yoʻnalishlarini munosabatlar va amallar nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish natijasida vujudga kelgan. G.lar nazariyasi matematika va uning tatbiqlarida koʻp uchraydigan algebraik amallarning eng umumiy xossalarini oʻrganadi. Masalan, sonlarni koʻpaytirish, vektorlarni qoʻshish, almashtirishlarni ketma-ket qoʻllash va hokazo.

Biror S toʻplamning ixtiyoriy a va b elementlariga uchinchi bir s elementini mos qoʻyuvchi * — amal kiritilgan boʻlib, quyidagi uch shart oʻrinli boʻlsa, G toʻplam deyiladi: 1) amal assotsiativ, yaʼni ixtiyoriy a, b, se G uchun (a*b) * c=a*(b*c) boʻladi; 2) amalga nisbatan birlik element mavjud, yaʼni G da shunday ye elementi borki, ixtiyoriy aye G uchun a*ye=ye*a~a boʻladi; 3) amalga nisbatan teskari elementlar mavjud, yaʼni G ning har bir a elementi uchun G da shunday a~’ element borki a*a-1=a~[*a=ye boʻladi. Mac: 1. Butun sonlar toʻplamidagi qoʻshish amaliga nisbatan birlik element 0; a ga teskari element (—a) boʻladi. 2. Noldan farqli xaqiqiy sonlar toʻplamida koʻpaytirish amalini qarasak, birlik element 1; a ga teskari element boʻladi. G. tushunchasi dastlab J. Lagranj ishlarida uchraydi. U algebraik tenglamalarni radikallarda yechish masalasi bilan shugʻullanganda oʻrniga qoʻyishlar G.sini ishlatgan. Oʻrniga qoʻyishlar G.sining xossalari va tenglamalar xossalari orasidagi gʻoyaviy chuqur bogʻlanishlar Abel va Galualar tomonidan ochib berilgan.

Keyinchalik G. tushunchasi geometriyada paydo boʻldi. Turli almashtirishlarga nisbatan geometrik shakllarning oʻzgarishini yoki oʻzgarmay qolishini oʻrganish sekin-asta almashtirishlarning oʻzini oʻrganishga olib keldi. Ingliz matematigi A. Keli (1821 — 1895) invariantlar nazariyasini tadqiq qilar ekan, har qanday chekli G. oʻrniga qoʻyishlar G.si orqali ifodalanishini koʻrsatdi. Sonlar nazariyasi sohasida ish olib borgan Gauss chekli Abel G.lari muhim ahamiyat kasb etishini isbotladi. Nazariy gʻoyalarning rivojlanishi matematikada muhim boʻlgan abstrakt G.lar tushunchasi yaratilishiga olib keldi. Li G.si — elementlari tabiatiga hech qanday shartlar qoʻymasdan, faqat kiritilgan amal nuqtai nazaridan oʻrganadigan yoʻnalish sifatida matematikaning mustaqil sohasi boʻlib shakllandi. G.lar nazariyasi ilm-fanning juda koʻp tarmoqlarida qoʻllanadi. Masalan, fizikada Galiley almashtirishlari G.si, nisbiylik nazariyasida Lorens almashtirishlari G.si vab. 3)geologiyada — bir geologik era davomida vujudga kelgan jinslar majmuini birlashtiruvchi umumiy stratigrafik shkala boʻlimi (qarang Eratema).

Musulmonqul Berdiqulov.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.