Granata

Granata (ital. – granata) – jangovar qurollarning bir turi; portlovchi (zaryadli) snaryadlarning umumiy nomi. Birinchi marta XVI asrda qoʻl bilan irgʻitiladigan, XVII asrda artilleriya granatalari paydo boʻldi. Dastlabki granatalarda zaryad sifatida yorituvchi yoki yondiruvchi moddalar, keyinchalik porox ishlatilgan, hozirgi granatalarda asosan trotil deb ataladigan portlovchi modda ishlatiladi. Granataning korpusi poʻlat yoki poʻlatsimon choʻyandan yasaladi. Portlash taʼsiriga koʻra granatalar parchalanuvchi (dushman jonli kuchlari va texnikasiga shikast yetkazish uchun qoʻllanadi), parchalanuvchi-fugas va fugas granata (mudofaa istehkomlarini portlovchi zaryad gazi kuchi bilan vayron qilish hamda jonli kuchlarga shikast yetkazish uchun qoʻllanadi), parchalanuvchi-yondiruvchi xillarga (kichik kalibrli zenit artilleriyasida qoʻllanadi) boʻlinadi. Qoʻl bilan irgʻitiladigan granatalar parchalanuvchi va tankka qarshi qoʻllanadigan; mexanizmining tuzilishiga koʻra, zarb taʼsirida tez portlaydigan va maʼlum vaqtdan keyin portlaydigan granatalarga boʻlinadi. Maʼlum vaqtdan keyin portlaydigan granatalar pana joylarda hujumga oʻtilganda va b. hollarda qoʻllanadi, zarb taʼsirida tez portlaydigan granatalar esa tankka qarshi, pulemyot va b. xil oʻt ochish nuqtalarini vayron qilishda ishlatiladi. Mashq granatalaridan harbiy qism (boʻlinma)larda askarlarni va sport maydonlarida sportchilarni granata irgʻitishga oʻrgatishda foydalaniladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.