Goʻja

Goʻja — qoʻqonjoʻxori (oq joʻxori) yoki qayroqi bugʻdoydan tayyorlanadigan suyuq taom.

Tayyorlash uchun avvalo donga ishlov beriladi. Buning uchun oq joʻxori yoki bugʻdoy tozalanib, bir oz namlangach, yogʻoch kelida tuyib, yelpib, kepak va qipikdan tozalanadi. Bu ish 2—3 marta takrorlanadi, soʻng yaxshilab yuviladi. Goʻjaning sutli, qatiqli, jazli, achitma kabi turlari bor. Sutli goʻja : don pishguncha suvda qaynatiladi, ortiqcha suvi toʻkib tashlanib, sut quyiladi, taomga toʻgʻralgan oshqovoq solish ham mumkin. Tuzi rostlangach, qozonni olovdan olib, bir oz dam beriladi. Qozon yuzida qaymoq yigʻila boshlaganda kosalarga suzib dasturxonga tortiladi. 100 g donga oʻrtacha 300 g sut, 50 g oshqovoq, taʼbga koʻra tuz solinadi. Qatiqli goʻja — qozonda yogʻni dogʻlab piyoz qovuriladi va suv quyib qaynatiladi. Soʻngra tayyorlab qoʻyilgan don (oq joʻxori)ni solib, 1 soat davomida pst olovda qaynatilib, donlar ochiltirib olinadi. Tayyor taomni olovdan olib, choʻmich bilan shopirib sovitiladi. Qatiq yoki suzmani yaxshilab aralashtirib qoʻshib yuboriladi. Kosalar yuziga tabga koʻra koʻkatlar sepilgan holda dasturxonga tortiladi. Achitma goʻja: qatiqlangan goʻja oshi sovitilib, sanochga yoki sopol koʻzaga solinadi. Taom bir necha soatdan soʻng achiy boshlaydi. Har zamon har zamonda bir aralashtirib qoʻyiladi. Bu taom jazirama issiq kunlari ishtaha ochuvchi, shuningdek, chanqovbosdi ichimlik sifatida isteʼmol qilinadi. Jazli goʻja — yogʻni dogʻlab, mayda toʻgʻralgan piyoz qizarguncha qovuriladi, suv quyiladi, tayyorlangan donni solib, 40—45 minut davomida past olovda qaynatiladi. Doni yarim pishgach, qozonga mayda toʻgʻralgan yoki qiymalangan goʻsht, 1 sm kattalikda toʻrtburchak qilib toʻgʻralgan sabzi va sholgʻom solib yana 20 minut qaynatiladi. Qozonni olovdan olib, dam yediriladi va dasturxonga tortishda yuziga koʻk piyoz, boshqa xil oshkoʻklar sepiladi. Yoqimli ishtaha .

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.