Govchi
Govchi (Gaogyuy, Gaozyuy yaʼni Govjuy, Qongqil, Qangqi, Toʻlish, Toʻloʻs deb ham aytiladi) — uygʻur qabilalar birlashmasiga kirgan sharqiy toʻra (xitoycha chidi, tele, dili) ning xitoy manbalarida nomlanishi. IV asrda qizil di qavmiga mansub sharqiy toʻralar, baland (gov) arava (chi) larda yurganligi uchun, "Govchi" (baland aravaliklar) deb tilga olinadi (turkiycha "Qongqil"). G.lar di (toʻra), uygʻur, koʻgʻoʻrsu, chibni (qebar, chuba), qujiya (qutlugʻ gʻuz), etkin (eltegin, izgil) va poʻvurgʻur kabi 7 qabila birlashmasidan tashkil topgan.
G.lar asosan chorvachilik va ovchilik bilan shugʻullangan. Ularda hunarmandchilik ham taraqqiy qilgan boʻlib, metall buyumlari, teri, kigiz va araq achitqilari ishlab chiqarilar edi. Xususan, arava yasashda G.lar mohir ustalar hisoblangan. Ular aravalardan uy tariqasida foydalanib koʻchib yurganlar. Har bir oila birikkita aravaga ega boʻlgan. G.lar aholisi koʻp sonli boʻlib, baʼzi qabilalar bir necha yuz mingdan oshib ketgan. Qabilada qabila oqsoqoli "barlos" deb atalgan. Barloslar bilan birga botir, pahlavonlar "bogʻo" yoki "bogʻodur" deb ulugʻlangan. G.lar shaman diniga eʼtiqod qilganligi maʼlum. Ular momaqaldiroqni yomonlik belgisi deb tushunishgan va unga qarata oʻq uzishgan. Yashin tushgan joydan koʻchib ketishgan. Kelasi yil oʻsha joyga qaytib kelib xudoyi qilishgan. Ular joʻr boʻlib ashula aytib raqsga tushishni yaxshi koʻrganlar. Qiz olganda, quda tomonga qalin uchun beriladigan ot, qoramolni tanlab olishga yoʻl qoʻyilgan. Oʻlgan odamlarga qattiq yigʻlab aza tutilgan. Oʻra qazib jasadni unga tashlab ustidan tuproq tortmaganlar. Mil. 546-yil Qongqil xonligi Turk xoqonligi tomonidan boʻysundirilgandan soʻng G. atamasi xitoy manbalarida boshqa nomlar bilan atala boshlagan.
LL.Bichurin N.Ya. (Iakinf), Sobraniye svedeniy o narodax obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, M.— L., t.1, 1950. Abduxoliq Aytboyev.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.