Gotlar

Gotlar — milodning boshlarida yashagan sharqiy german qabilalaridan biri. Tarixchi Iordan (VI— asr) asarida G.ning asl vatani Skandinaviya boʻlib, keyinchalik Boltiq dengizi boʻylari, Vislaning quyi oqimidagi yerlarda yashaganligi koʻrsatilgan. II— asr oxirida janubi-sharqqa siljib, III— asr boshlarida Shim. Qora dengiz boʻylarida oʻrnashib qolishgan. Bu yerda ular yerli skif va sarmat qabilalari bilan aralashganlar. 238 y.dan boshlab G. boshqa qabilalar bilan ittifoq tuzib, Rim imperiyasi, Bolqon, Kichik Osiyo yarim orollariga qarbiy yurishlar uyushtirishgan, 271 yilda G. Rim imperiyasining Dakiya viloyatini bosib oladi. Qora dengiz boʻyidagi va Rim imperiyasidagi shaharlarning rivojlangan madaniyati G. madaniyatining oʻsishiga katta taʼsir koʻrsatadi. G. shu davrda vestgotlar (hoz. Moldova va Ruminiyaning sharqiy tomonlaridagi yerlarda yashaydigan), ostgotlar (Shim. Qora dengiz boʻyi, Dnestrning sharqiy tomonlarida yashovchi) guruhlarga boʻlingan. IV— asr oʻrtalarida vestgotlar orasida xristianlik tarqala boshladi. IV— asrning 70-y.larida gunnlar G.ning yerlariga hujum qilishib, 375 yilda vestgot, ostgot hamda ularga qoʻshni dasht qabilalari ittifoqini tor-mor etishadi. Shundan soʻng vestgot va ostgotlarning tarixi alohida-alohida izdan ketadi.

Ad:. Iordan. O proisxojdenii i deyaniyax getov, M., 1960.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.