Gips

Gips (yun. gypsos—boʻr, ohak) 1)tabiiy gips—mineral; suvli kalsiy sulfat tuzi CaSO4•2H2O; tarkibida sof holda CaO (32,56%). SO3 (46,51%), H2O (20,93%) boʻladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari plastinkasimon, ustunsimon, ninasimon va tolasimon koʻrinishda boʻladi. Koʻpincha, tutash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruhlar tarzida uchraydi. Toza gips rangsiz va shaffof; tarkibida qoʻshilmalar boʻlgani kulrang, sargʻish, qoʻngʻir va boshqa rangda boʻladi. Mineralogik shkala boʻyicha qattialigi 1,5—2; zichligi 2300 km/m3. 20° da suvda eruvchanligi 2,05g/l. 170° atrofida qizdirilganda yarimgidrat CaSO4 0,5 H2O (alebastr) ga, undan yuqori temperaturada esa CaSO4 ga aylanadi. Gips suvi quriy boshlagan koʻl va dengiz havzalarida sulfat tuzlarining choʻkishidan paydo boʻladi. Gips zaxiralari esa asosan gidrotermal jarayonlar hamda angidridning gidratlashishi natijasida hosil boʻladi. Gips qatlamlari Oʻzbekistonning Fargʻona (Quvasoy), Buxoro (Kogon) va Surxondaryo viloyatlarida topilgan; 2) Qurilish gipsi— CaSO4•5H2O — havoda tez birikadigan va tez qotadigan bogʻlovchi modda; tabiiy gipsni 140—190° temperaturada pishirib olinadi. Qovushoq materiallar tayyorlashda, gips-beton, gips-beton buyumlar, koshinkor toshlar, boʻyoqlar ishlab chiqarishda, tibbiyotda (bogʻlov materiallari tayyorlashda), haykaltaroshlikda, suvoqchilik ishlarida ishlatiladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.