Gipoteza

Gipoteza (qadimgi yunoncha: ὑπόθεσις – hypothesis – asos, taxmin) – hodisalarning qonuniy (sababli) bogʻlanishi toʻgʻrisidagi taxminan mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos boʻladi. Gipotezaning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga oʻtish, sababiy bogʻlanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy gipoteza bir guruh hodisalar, jarayonlar xususiyati va sababi toʻgʻrisidagi, xususiy gipoteza alohida, yakka hodisalar, jarayonlar sababi toʻgʻrisidagi taxmindir. Har qanday gipoteza tekshirishni talab qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad etiladi. Yangi faktlarni eski nazariyalar bilan izohlash mumkin boʻlmaganda, cheklangan miqdordagi faktlar va kuzatishlarni izohlashda gipotezaga ehtiyoj tugʻiladi. U keyingi bilimlarga, tekshirishlarga yoʻl ochadi, yangi nazariyalar esa yana boshqa gipotezani tugʻdiradi. Gipoteza bilish jarayonining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir.

Yuridik fanlar tizimida esa, gipoteza huquq normasining bir qismi boʼlib, unda dipozitsiyada koʼrsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur boʼlgan aniq hayotiy holat (voqea, harakat, hodisalar) oʼz ifodasini topadi". Shuningdek, gipoteza huquq normasining harakatini, amal qilish shartini koʼrsatuvchi (vaqt, joy, subyekt va boshqalar) yuridik faktlarni ifoda etuvchi tarkibiy qism sifatida ham eʼtirof etiladi. Taʼkidlash lozimki, gipoteza matni „agar“, „agarda“, „u holatda“ kabi soʼzlari yoki shunga yaqin soʼzlar bilan boshlanishi ham mumkin.

Gipoteza oʻz navbatida quyidagi turlarga boʻlinadi: oddiy, murakkab ava alternativ.

Huquq normalarining amal qilishi bilan bogʼliq boʼlgan bitta shart-sharoit aks etgan gipoteza oddiy gipoteza hisoblanadi. Masalan, Prezident Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʼilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab oʼz lavozimiga kirishgan hisoblanadi (Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 92-modda

Murakkab gipotezada esa huquq normasining amal qilishi ikki yoki undan ortiq holatlarning mavjud yoki mavjud emasligiga bogʼliq ekanligi koʼrsatiladi Masalan, „Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʼz ota-onalari haqida gʼamxoʼrlik qilishga majburdirlar“ (Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 66-modda).

Alternativ (muqobil) gipoteza esa huquq normalarining amal qilishi sanab oʼtilgan shart-sharoitlardan biriga bogʼliq ekanligini bayon etadi.

Yana qarang

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.