Ginkgo

Ginkgo (Ginkgo biloba) — ochiq urugʻli oʻsimliklar boʻlimining gingkodoshlar oilasiga mansub hozirgi yagona vakili. Daraxtning boʻyi 40 m gacha, diametri 1 m gacha; yosh niholi baʼzi nina bargli daraxtlarga oʻxshab ketadi, ammo borabora tashqi koʻrinishdan terak tusini oladi. Barglari bandli, yelpigʻichsimon, oʻrtasida oʻyigʻi bor, kuzda toʻkiladi. Ginkgo ikki uyli oʻsimlik, erkak va urgʻochi gullari kichikroq koʻchalalarga toʻplangan. Urugʻi yumaloq, danakli mevaga oʻxshaydi. Mevasi va urugʻi yeyiladi. Jan. Xitoyning baʼzi joylaridagina yovvoyi holda oʻsadi. Qrimning jan.da va Kavkazning Qora dengiz sohilida ekiladi.

Oʻrta Osiyoda ginkgoning barg va yogʻoch qoldiklari yuqori perm va trias davriga tegishli yotqiziqlarda topilgan. Hududda ginkgoning 15 dan ortiqturi oʻsgan. Jumladan 2 turi Jan. Oʻzbekistonda, Tojikiston va Turkmanistonda oʻsganligi aniqlangan. Ginkgoning bir qancha turlari Shim. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va deyarli qamma davlatlarda yura, boʻr va uchlamchi davr qatlamlaridan topilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.