Genotsid
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |

Genotsid (yunoncha: γένος [genos] — urugʻ, qabila va lotincha: caedo — oʻldiraman) — xalqaro jinoyatlarning bir turi: irqi, millati, dini, etnik tarkibiga koʻra, aholi guruhlarini yoppasiga yoki qisman jismonan qirib yuborishga qaratilgan harakat. BMT Bosh Assambleyasining genotsid jinoyatlarining oldini olish va ularni amalga oshirganligi uchun jazolash toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (1948) koʻra, genotsid qattiq qoralanadi, aybdor shaxslarga nisbatan xalqaro jinoiy javobgarlik belgilanadi. Bunda mazkur shaxslarning ijtimoiy mavqei, genotsid tinchlik yoki urush vaqtida sodir etilganligi hisobga olinmaydi. Konvensiyani imzolagan davlatlar oʻz hududlarida genotsidni amalga oshiruvchi va unga undovchi shaxslarni jazolash boʻyicha huquqiy meʼyorlarni ishlab chiqish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar. Irqiy kamsitishning barcha shakllarini yoʻq qilish toʻgʻrisidagi BMT konvensiyasida (1965) ham genotsid qattiq qoralanadi. Ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchilar Germaniyasining yahudiy millatiga mansub aholi (taxminan 12 mln. kishi)ni ommaviy qirgʻin etishi (qarang Fashizm), Pol Pot va Iyeng Sari toʻdasining Kampuchiya xalqiga qarshi vahshiyona jinoyatlari (ular oqibatida 3 mln. kishi yoʻq qilib yuborildi) va hokazolar genotsidning eng ashaddiy koʻrinishi hisoblanadi.
Yana qarang
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.