Gaymorit
Gaymorit — yuqori jagʻ suyagi boʻshligʻi (qarang: Gaymor boʻshligʻi) shilliq qavatining yalligʻlanishi. Kechishiga koʻra oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari farq qilinadi. Shamollash, gripp, tumov va boshqalar infeksion kasalliklar, shuningdek burun boʻshligʻi va chirigan tishdan yalligʻlanish jarayonlarining gaymor boʻshligʻiga tarqalishi, baʼzan yuqori jagʻ suyagining shikastlanishi sabab boʻladi. Oʻtkir gaymoritni vaqtida davolamaslik yoki chala davolash, baʼzan allergiya oqibatida surunkali gaymorit roʻy berishi mumkin. Gaymoritda bemorning darmoni quriydi, eti uvishadi, yonoqlari shishadi, harorati koʻtariladi, yuqori jagʻi va boshi ogʻriydi, boshini burganda ogʻriq zoʻrayib, burni bitadi; koʻpincha burunning bir tomonidan yiring (yiringli gaymorit) yoki shilimshiq (katar a l gaymorit) oqadi, burundan nafas olish qiyinlashadi. Yarim oʻtkir va surunkali gaymoritda kasallik alomatlari birmuncha sust namoyon boʻladi. Surunkali gaymorit baʼzan yashirin kechib, sepsis, meningit, bosh miya abssessi va boshqa jiddiy asoratlar avj olishi mumkin. Gaymoritning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, sport bilan shugʻullanish, sof havo va suv muolajalaridan bahramand boʻlish, shuningdek tumov, tish chirishi va boshqa kasalliklarni oʻz vaqtida davolatish kerak. Oʻtkir gaymoritda turli dori-darmonlar buyuriladi, surunkalida koʻpincha jarrohlik usuli qoʻllanadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.