Gastrol
Gastrol (nemischa: gast — mehmon, rolle — rol) — artist (yoki artistlar jamoasi)ning doimiy ish joyidan tashqari (boshqa tuman, shahar, mamlakat) da tomosha koʻrsatishi, konsert berishi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida XVIII asr, ayniqsa XIX asrning 2-yarmida teatr sanʼati yirik namoyandalarining yakka gastrollari avj oldi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida dekoratsiya qurilmalari bilan koʻchib yurib, spektakllar koʻrsatuvchi teatrlar koʻpaydi. Bu davrda Toshkent, Samarqand, Qoʻqon, Andijon sh.larida rus, tatar, ozarbayjon artistlari va b. jamoalar (V. Komissarjevskaya, 1910; G. Qoriyev rahbarligidagi tatar "Sayyor" truppasi, 1912—13; Sidqiy Ruhillo rahbarligidagi ozarbayjon musiqali teatri, 1910 va b.) oʻzbek tomoshabinlarini ilgʻor Yevropa madaniyati bilan tanishtirgan.
20-y.lardan keyin Yusufjon qiziq Shakarjonov, Us t a Olim Komilov, Abduqodir naychi, T. Jalilov, Tamaraxonim, M. Qoriyoqubov kabi sanʼatkorlar Rossiya va Gʻarbiy Yevropa shaharlari (Moskva, Sankt-Peterburg , Berlin, Parij, London)da gastrolda boʻlib, milliy oʻzbek sanʼatini targʻib qiddilar. Keyingi yillarda Navoiy teatri, Hamza teatri, Gorkiy teatri, Abror Hidoyatov nomidagi teatr, "Bahor", "Yalla" kabi ansambllar muntazam gastrollarga chiqib turibdilar. Glar xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga va turli xalqlar madaniyatining oʻzaro boyishiga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.