Garum

Garum (lotincha: garum; shuningdek, liquamen) — qadimgi Rim oshxonasidagi Rimning barcha tabaqalari orasida mashhur boʻlgan baliq qaylasi. Miloddan avvalgi IV asrda yashab oʻtgan Apitsiyning oshpazlik kitobiga koʻra, garum koʻplab retseptlarning tarkibiga kirgan (Apitsiy qaylaning ikkinchi nomi — „liquamen“ atamasini ishlatadi, u „suyuqlik“ degan maʼnoni anglatadi). Shuningdek, Qadimgi Yunoniston, Karfagen va Vizantiya oshxonasida ham uchragan.
Garum fermentlash yoʻli bilan baliqning qonidan va ichaklaridan tayyorlangan. Baliqchilar ovni saralab, qayla ishlab chiqaruvchilar oʻzlari kerakli ingredientlarni tanlab olishlari mumkin boʻlishi uchun turli xil baliq turlarini va ularning qismlarini alohida namoyish etganlar[1]. Koʻpincha anchous (hamsa), tunets, skumbriya baliqlari va baʼzan mollyuskalar xushboʻy giyohlar bilan birgalikda ishlatilgan. Fermentlash 2-3 oy davomida quyosh taʼsirida katta tosh vannalarda oʻtkazilgan. Garum qaylasi baliqli substantsiya moddasi yuzasida hosil boʻlgan tiniq suyuqlik edi[2]. Qaylaga shuningdek, sirka, tuz va zaytun moyi, qalampir yoki sharob ham qoʻshilgan va u turli xil taomlar uchun ziravor sifatida ishlatilgan. Garum, shuningdek, dori vositasi boʻlib ham hisoblangan va it tishlashi, chipqon va ich ketishida qoʻllangan.
Kuchli spetsifik hidi tufayli shaharlarda garum tayyorlash taqiqlangan. Tayyor qayla kichik sopol idishlarga muhrlangan va shu shaklda Rim provinsiyalariga yetkazilgan. Baʼzi hududlarda garum oshpazlar uchun toʻlaligicha tuzning oʻrnini bosgan.
Rim imperiyasida garumning asosiy yetkazib beruvchilaridan biri Liksus shahri edi[3].
Rim oqsuyaklarining qaylaga munosabati birdek emas edi. Xullas, mashhur Rim faylasufi Seneka garum haqida kinoya bilan gapirib, uni „aynigan baliqning qimmatbaho qonli suvi“ deb atagan. Shu bilan birga, Tseliy Avrelian va Pliniy Katta uni ovqat hazm qilish uchun foydali deb hisoblashgan. Mashhur tabib Galen oʻz asarlarida garumni oʻttiz martadan ortiq tilga olgan[4].
Biolog-antropolog Pirs Mitchellning taʼkidlashicha, garum qadimgi Rimliklarning ichak gelmint-parazitlari, masalan, keng tasmasimon gijja kasalligi bilan ommaviy kasallanishlari manbalaridan biri boʻlgan[5].
Baliq va ustritsa qaylalarini tayyorlash boʻyicha shunga oʻxshash retsept bugungi kunda Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida mavjud. Shuningdek, XIX asrdan beri mashhur boʻlgan vuster qaylasi bilan ham oʻxshashligi mavjud.
Manbalar
- ↑ Curtis, Rober I. The Garum Shop of Pompeii. Cronache Pompeiane XXXI, 1979 — 5–23-bet.
- ↑ Curtis, Robert I. In Defense of Garum, The Classical Journal, 78 (3), 1983 — 232–240-bet.
- ↑ Lixus, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-12
- ↑ „Рыбный соус, воспетый поэтами: гарум и римская кухня“ (ru). diletant.media. Qaraldi: 2021-yil 6-mart.
- ↑ Mitchell, Piers D. Human parasites in the Roman World: health consequences of conquering an empire(ingl.) // Parasitology : journal. — 2017. — Vol. 144, no. 1. — P. 48—58. — DOI:10.1017/S0031182015001651.
Havolalar
Vikiomborda „Гарум“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
- Гарум // Реальный словарь классических древностей / авт.-сост. Ф. Любкер; Под редакцией членов Общества классической филологии и педагогики Ф. Гельбке, Л. Георгиевского, Ф. Зелинского, В. Канского, М. Куторги и П. Никитина. — СПб., 1885.
- Encyclopaedia Romana. Garum
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.