Gansu

GansuXitoyning shimoligʻarbidagi provinsiya. Maydon 366,5 ming km2. Aholisi 22,4 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Lanchjou. Relyefi, asosan, togʻlik. Iqlimi kontinental. Yillik yogin 150–400 mm, janubisharqida 600 mm gacha. Aksari qismi togʻ dashti va togʻ chuli landshaftlaridan iborat. Gansu asosan dehqrnchilik rayoni. Xuanxe daryosining yuqori oqimida sugʻorib ekiladigan dehqonchilik qadimdan rivojlangan. Gansu maydonining 11% ekinzor.

Bugʻdoy, tariq, gaolyan, makkajoʻxori, arpa, qand lavlagi, tamaki, paxta ekiladi. Chorvachilik rivojlangan (qoʻy, qoramol, qoʻtos, tuya, yilqi boqiladi). Yuymin atroflarida neft chiqariladi va qayta ishlanadi. Ozroq tosh-koʻmir, mis va temir rudalari qazib chiqariladi. Kimyo va metallsozlik sanoati korxonalari bor. Gansu hududi mil. av. III—II asrlarda xitoyliklar tomonidan egallangan. Gansu provinsiya sifatida XIII asrda Sinʼyuan, Linchjao va Fin viloyatlarining birlashuvidan vujudga kelgan[1] .

Manbalar

  1. „Gansu“ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (G-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.