Galit Chait
| Galit Chait | |
|---|---|
|
Chait va Saxnovskiy | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat | Isroil |
| Tavalludi |
1975-yil 29-yanvar Kfar Saba, Isroil |
| Oldingi sheriklari | Sergey Saxnovskiy |
| Jamoasi | Bat Yam Club |
| Uchishni boshlagan | 1984 |
| Yakunlagan | 2007 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Raqs (umumiy natija) | 204.42 |
| Standart raqs | 40.98 |
| Original raqs | 63.07 |
| Erkin raqs | 106.46 |
Galit Chait (ibroniycha: גלית חייט; Galit Hayat ; 1975-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan isroillik muz raqqosasi. Sherigi Sergey Saxnovskiy bilan birga 1995-yildan 2006-yilgacha Isroil vakili sifatida xalqaro musobaqalarda qatnashib, 2002-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan[1].
Faoliyati
Chait 1990-yili sport oromgohida dars beruvchi otasi bilan Rossiyaga sayohat qilganida ilk bor muz ustida raqs sport turini oʻzida sinab ko‘rgan[2].
Chait 1992 — 1994-yillarda Maks Sevostianov bilan juftlikda AQShning milliy musobaqalarida qatnashgan. Juftlik 1994-yilgi AQSh chempionatida murabbiy Rene Roka bilan mashgʻulotlar oʻtagan. 1994-yilda juftlik U. S. Nationals musobaqasida 6-oʻrinni va Jahon chempionatida 28-oʻrindan joy olgan (Isroilni vakili sifatida[3]).
Chait Sergey Saxnovski bilan Delaver universitetida oʻqib yurganida tanishib qolgan. 1995-yildan boshlab u bilan juftlik hosil qilgan. Ular Nyu-Yorkning Monsi shahriga koʻchib oʻtishdan oldin murabbiylar Lyudmila Buytskova va Yelena Maslenikova bilan dastlab Rossiyada musobaqalar uchun tayyorgarlik koʻrishgan. Juftlik xalqaro reytingda muttasil yuksalgan[4]. Ularning faoliyatidagi eng yorqin voqea 2002-yilgi Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganida sodir boʻlgan. Sergey Saxnovski oyogʻidan jarohat olgan va bu juftlikni 2006 — 2007-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborishga majbur qilgan va keyinchalik ular isteʼfoga chiqishlarini eʼlon qilgan. Juftlikka Natalya Dubova, Tatyana Tarasova, Yevgeniy Platov, Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov murabbiylik qilgan.
Chait 2002 va 2006-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Isroil bayroqdori boʻlgan.
Chait Xalqaro konkida uchish ittifoqining texnik mutaxassisi sanaladi.
Murabbiylik faoliyati
Chait quyidagi konkida uchuvchilarga murabbiylik qilgan:
- Kathy Reed / Chris Reed
- Siobhan Heekin-Canedy / Aleksandr Shakalov
- Allison Reed / Otar Japaridze
- Yekaterina Bugrov / Vasiliy Rogov
- Siobhan Heekin-Canedy / Dmitriy Dun
- Anna Bolshem / Ronald Zilberberg
- Adel Tankova / Ronald Zilberberg
2010-yildan boshlab Chait figurali uchish boʻyicha Isroil jamoasining bosh murabbiyi etib saylangan.
Dasturlari
(Saxnovskiy bilan)
| Mavsum | Original raqs | Erkin raqs |
|---|---|---|
| 2005 — 2006 |
|
|
| 2004 — 2005 |
|
|
| 2003 — 2004 |
|
|
| 1998 — 1999 |
|
|
Natijalari
GP: Chempionlar seriyasi / Gran-pri
Saknovskiy bilan
| Xalqaro | |||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 95 — 96 | 96 — 97 | 97 — 98 | 98 — 99 | 99 — 00 | 00 — 01 | 01 — 02 | 02 — 03 | 03 — 04 | 04 — 05 | 05 — 06 |
| Olimpiada | 14 | 6 | 8 | ||||||||
| Jahon chempionati | 23 | 18 | 14 | 13 | 5 | 6 | 3 | 6 | 7 | 6 | 6 |
| Yevropa chempionati | 14 | 12 | 10 | 6 | 5 | 5 | 6 | 5 | 4 | 5 | |
| GP finali | 4 | 5 | 5 | 4 | 4 | ||||||
| GP Chinese Cup | 2 | 2 | |||||||||
| GP Russian Cup | 7 | 3 | 2 | 3 | 2 | ||||||
| GP Lalique | 5 | 6 | |||||||||
| GP Nations/Bofrost | 7 | 5 | 2 | ||||||||
| GP NHK Trophy | 7 | 5 | 3 | 3 | |||||||
| GP Skate America | 4 | 2 | 4 | 2 | |||||||
| GP Skate Canada | 2 | 2 | 4 | 3 | |||||||
| Yaxshi niyat oʻyinlari | 2 | ||||||||||
| Skate Israel | 6 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | ||||
| Vena Cup | 3 | ||||||||||
| Lysiane Lauret | 1 | ||||||||||
| Milliy | |||||||||||
| Isroil chempionati | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | ||
Yana qarang
Manbalar
- ↑ „Wedding“. Israel Ice Skating Federation (2008-yil avgust). 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Yofis, Andrey. „Galit Chait: "Every day I look forward to the next training session"“. Absolute Skating (2017-yil 21-yanvar).
- ↑ „Chait, Galit“. Jews in Sports. Qaraldi: 2014-yil 28-fevral.
- ↑ „Le nozze "italiane" di Galit Chait“ (it). ArtOnIce.it (2008-yil 3-sentyabr).
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.