Gafur
| Abdulg‘ofur Isaxonov | |
|---|---|
| Tavalludi |
1998-yil, 8-avgust[1] |
| Faoliyat yillari | 2010— |
| Turmush oʻrtogʻi | yoʻq |
| Veb-sayti | Telegram kanali |
Gafur (haqiqiy ismi Abdulgʻofur Isaxonov; 1998-yil 12-martda[2] yoki 8-avgustda[3] Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik kinoaktyor va qoʻshiqchi[4].
Aktyorlik faoliyati
12 yoshligida „Soy qoʻshigʻi“ filmida ilk rolini ijro etdi. Aktyor shu tarzda rejissorlar eʼtiboriga tushdi. Shundan keyin bir necha reklama hamda roliklarda chiqdi. Rejissor Zulfiqor Musoqovning „Novda“ filmida oʻynadi. „Elparvar“ filmi suratga olinish jarayonida Isaxanov barcha talablarni kaskadyor yordamisiz amalga oshirdi, lekin roli tanqid ostiga olindi.
Qoʻshiqchilik faoliyati
Isaxanov biror musiqiy taʼlim olinadigan joyga bormagan. Oʻz ustida mustaqil ishlay boshladi. U Elman Zeynalovni kuzatib bordi. Keyinchalik doimiy aloqa oʻrnatishdi. Abdulgʻofur TNT kanalidagi musiqiy tanlovda qatnashish uchun Rossiyaga uchib ketdi. Safar davomida RAAVA Music leybli qoʻshiqchilari bilan tanishdi, ammo hamkorlik haqida gaplashishmadi. Oʻzbekistonga qaytib, ijodini davom ettirdi.
2019-yil sentabr oyi boshida qisqa muddat ichida yozilgan „Sly Snake“ (tarjimasi „Ayyor ilon“) qoʻshigʻi chiqdi va Raava Music aʼzolari u bilan shartnoma imzolashga qaror qilishdi[3]. Aktyor oʻzining xonandalik faoliyatini shu tariqa boshlab yubordi.
Isaxonovning taʼkidlashicha, RAAVA shunchaki oddiy guruh emas, u yerda mustahkam doʻstlik mavjud. Jamoa chindan ham bir oilaga aylangan. Mashhurlik boshqa, lekin guruhda hamma bir-biriga koʻmak beradi.
2019-yil dekabrda xonanda „Luna“ nomli yangi klipi chiqardi. Klip qisqa vaqt ichida 500 ming marta tomosha qilindi. Abdulgʻofur u oʻz oilasini sogʻinganligini, shuningdek, uyda osh tayyorlashini ham aytib oʻtgan. U barcha ijtimoiy tarmoqlardan kelgan xabarlar va sharhlarni javobsiz qoldirmaydi.
Shaxsiy hayoti va oilasi
3 yoshligida togʻasi pop qiroli Michael Jacksonning albomini sovgʻa qilgan[2]. Shu tufayli sanʼatga qiziqa boshlagan. Jacksonning musiqalarini eshitib, raqsga tushishni mashq qila boshlagan. Yoshligida sanʼatga boʻlgan eʼtibori kuchayib borayotgan boʻlsa-da, Isaxonovning ota-onasi uni tish shifokori boʻlishini istashgan. Natijada 3 yil davomida tibbiyot kollejida taʼlim olgan. Oʻzi yozgan qoʻshiqni ijro qilganidan keyin oilasining fikri oʻzgardi va shu tarzda sanʼatga kirib keldi[4]. „Sly Snake“ treki maktabdagi ilk sevgisi haqida[3].
Filmografiyasi
| Yil | Film | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2010 | "Soy qoʻshigʻi" | Bekzod | |
| 2011 | "Haqiqat kuni" | Pʻolat | |
| 2015 | "Novda" | Rashid | |
| 2018 | "Elparvar" | nabira | tarixiy, drama |
Diskografiyasi
Albomlari
| Yil | Qoʻshiq | Izoh |
|---|---|---|
| 2019 | "Milliy bola" | MASSA bilan duet |
| 2019 | "Luna" | |
| 2020 | "OK" | |
| 2020 | "MOROZI" | ELMAN bilan duet |
| 2020 | "Atom" |
Manbalar
- ↑ „Гафур: биография, фото, личная жизнь“. repost.uz. Qaraldi: 6-sentabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Gafur (Гафур Исаханов): биография, личная жизнь, песни“. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Гафур: биография, фото, личная жизнь“ (Rus tilida) (2022-yil 31-may). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „O‘zbek aktyori Abdulg‘ofur Isaxonov qanday qilib rusiyzabon yoshlarning eng sevimli xonandasiga aylandi?(foto+video)“ (2020-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ „GAFUR“. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
Havolalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.