Fyodor Matveyev
| Fyodor Matveyev | |
|---|---|
| Tavalludi |
30-dekabr 1923-yil Karasyovo qishlogʻi, Novosibirsk viloyati |
| Vafoti |
12-aprel 1976-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
| Fuqaroligi |
|
| Qoʻshin turlari | pexota |
| Xizmatdagi yillari | 1942–1974 |
Fyodor Ivanovich Matveyev (1923-yil 30-dekabr, Novosibirsk viloyati – 1976-yil 12-aprel, Toshkent) – SSSR Harbiy dengiz floti 1-darajali kapitani, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945)[1].
Biografiyasi
Fyodor Matveyev 1923-yil 30-dekabrda Karasyovo qishlogʻida (hozirgi Novosibirsk viloyatining Cherepanovskiy tumani) tavallud topgan. Maktabda yettinchi sinfini bitirgach, Oʻzbekiston SSRda yashagan va temir yoʻlda ishlagan. 1942-yilda Matveyev Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. Oʻsha yilning dekabr oyidan Ulugʻ Vatan urushi frontida xizmat qilgan. 1943-yil aprel oyida yaralangan[2].
Serjant Fyodor Matveyev 1944-yil may oyiga kelib 4-Ukraina frontining 51-armiyasi 997-piyoda polkining 1-pulemyot rotasiga qoʻmondonlik qildi. Sevastopolni ozod qilishda mardonavor harakatlari bilan ajralib turdi. 1944-yil 7-maydan 8-mayga oʻtar kechasi Matveyev otryadi dushman sim toʻsiqlari va minalangan maydonlardan oʻtishdi va shundan soʻng ular dushman xandaqlarini egallashga muvaffaq boʻlishdi. Uning rotasi nemis kolonnasini magʻlub etishda ishtirok etdi. 145 ta askar va ofitserni asirga oldi, shuningdek, 8 ta arava va 3 ta mashinani qoʻlga kiritdi. 1944-yil 9-mayda Sevastopolning kema tomonida boʻlgan janglarda faol ishtirok etdi. Oʻsha jangda Matveyev yarador boʻldi, lekin rota komandirini almashtirib, jangni davom ettirdi[3].
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan „qoʻmondonlik topshiriqlarini namunali bajargani, nemis bosqinchilari bilan janglarda jasorat va qahramonlik koʻrsatgani uchun“ serjant Fyodor Matveyevga „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ unvoni berilgan. Fyodor Sovet Ittifoqi Qahramoni, Lenin ordeni va Oltin Yulduz medali sohibi boʻlgan.
Fyodor Ivanovich urush tugagandan soʻng, Chernigov piyodalar maktabini tugatdi va zaxiraga oʻtkazilgan. Vataniga qaytib, tuman komsomol qoʻmitasi kotibi boʻlib ishlagan. Matveyev 1951-yilda yana armiyaga chaqirilgan. U harbiy-siyosiy kurslarni tamomlagan. Qora dengiz flotida xizmat qilgan. Matveyev 1974-yilda 1-darajali kapitan unvoni bilan zaxiraga oʻtkazilgan. Avval Sevastopolda, keyin Toshkentda yashagan. 1976-yil 12-aprelda vafot etgan va Toshkentdagi Harbiylar qabristoniga dafn etilgan.
Shuningdek, Fyodor bir qator medallar bilan taqdirlangan.
Manbalar
- ↑ „МАТВЕЕВ ФЁДОР ИВАНОВИЧ“. 2023-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
- ↑ „Fyodor Matveyev“ (ru). Герои страны.
- ↑ „Матвеев Фёдор Иванович“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.