Futszyan

Futszyan — Xitoyning jan.sharqiy qismidagi provinsiya. Tayvan boʻgʻozi sohili va Mintszyan daryosi havzasida. Maydoni 123 ming km². Aholisi 32,9 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Fuchjou shahri Hududining aksari qismi togʻlik. Dengiz sohili kambar pasttekislik. Iklimi tropik mussonli, sernam iqlim. Xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi tarmoq. Asosiy ekini sholi, shuningdek, batat, shakarqamish, yer yongʻoq, tamaki ham ekiladi. Tropik mevachilik va choy oʻstirish rivojlangan. Chorvachilikda, asosan, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Yogʻoch, kamfara daraxtining poʻstlogʻi, lok daraxti mevasi, bambuk yarim mahsulotlari tayyorlanadi. Foydali qazilmalardan temir va marganets rudalari, toshkoʻmir konlari bor. Oziqovqat, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, qogʻoz, qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmadchilikda chinni idishlar, bambukdan ishlangan buyumlar tayyorlanadi. Yirik sanoat markazlari: Fuchjou, Syamin, Nanpin va boshqa Muhim dengiz porti — Syamin.




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.