Funikulyor
Funikulyor (lot. funiculus — arqon) — qiya yoʻnalishda, qisqa masofada yuk va yoʻlovchilarni vagonlarda tashiydigan tor (1000 mm) izli temir yoʻl. Vagonlari elektr dvigatel, chigʻir (lebyodka) va poʻlat arqon (kanat) vositasida harakatlantiriladi. Funikulyordan birinchi marta 1854-yilda Italiya(Genuya) va Avstraliya (Zommering)da foydalanilgan. XX asr boshlarida Nijniy Novgorod (Rossiya), Kiyev (Ukraina) shaharlari va boshqa shaharlarda paydo boʻlgan. Keyinchalik boshqa shaharlarga tarqalgan. Funikulyorning asosiy qismlari: relsli iz, pastdagi va yukrridagi styalar (baʼzan oraliq stya ham boʻladi), vagonlar. Funikulyor avariya tormozlari, signalizatsiya, aloqa va blokirovka vositalari bilan taʼminlanadi. Funikulyor bir izli (koʻp tarqalgan), ikki izli va uch izli; bir vagonli va koʻp vagonli boʻlishi mumkin. Bir vagon bir izdan koʻtarilganda, ikkinchi vagon boshqa izdan pastga tushadi, funikulyor izlarining oʻrtacha uzunligi — 400 (baʼzan 1500 mm dan oshishi ham mumkin), qiyaligi — 0,78, vagonlarga 60— 200 kishi sigʻadi, harakatlanish tezligi 2–5 m/sek. Funikulyor shaharlar, kurort joylarda, togʻli mamlakatlar (Shveysariya, Italiya, Avstriya, Ukraina, Gruziya, Rossiya va boshqalar)da bor (2005).
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.