Freelove
| „Freelove“ | ||||
|---|---|---|---|---|
| Depeche Mode singli | ||||
| Exciter albomidan | ||||
| B tomon | „Zenstation“ | |||
| Chiqarilgan sanasi | 2001-yil 5-noyabr | |||
| Yozib olingan |
2000-yil iyun – 2001-yil fevral; RAK Studios, Sarm West Studios (London) Sound Design (Santa Barbara) Electric Lady Studios, Sony Music Studios (New York) | |||
| Davomiyligi |
3:59 (singl versiyasi) 6:10 (albom versiyasi) | |||
| Leybl | Mute Records | |||
| Qoʻshiq muallif(lar)i | Martin Gore | |||
| Prodyuser(lar) | ||||
| Depeche Mode singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
| Klipi | ||||
| „Freelove“ YouTubeda | ||||
„Freelove“ (tarjimasi „Erkin sevgi“) — „Depeche Mode“ ingliz musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2001-yilning 5-noyabrida guruhning „Exciter“ nomli albomining uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan[1]. Qoʻshiqni guruh aʼzosi Martin Gore yozgan.
Qoʻshiqning singl va albom versiyalari mavjud boʻlib, sing versiyasi qisqaroqdir. Singling orqa tomonidan „Zenstation“ nomli instrumental asar oʻrin olgan. Qoʻshiqqa ingliz produseri hamda ovoz muhandisi Mark Flood Ellis produserlik qilgan.
„Freelove“ „Depeche Mode“ guruhining DVDda ham eʼlon qilingan ilk qoʻshigʻidir. DVD relizdan guruh Filadelfiya shahrida bergan konsertdan tasvirlar hamda boshqa ikki qoʻshiq audioyozuvi oʻrin olgan. Shuningdek, diskka guruhning toʻrtta 30 soniyali bonus videoklipi ham kiritilgan. DVDdagi videolarga Anton Corbijn rejissorlik qilgan.
Guruh vokalisti Dave Gahan „Freelove“ qoʻshigʻini 1993-yil eʼlon qilingan „Condemnation“ qoʻshigʻidan keyin kuylagan eng yaxshi qoʻshigʻi ekanligini aytgan. Ammo tanqidchilar qoʻshiqni yaxshi kutib olmagan[2]. 2002-yil nemis qoʻshiqchisi Sandra oʻzining „The Wheel of Time“ albomi uchun „Freelove“ qoʻshigʻining kaverini yozgan.
Klipi
„Freelove“ qoʻshigʻi klipiga John Hillcoat rejissorlik qilgan. Videoda „Depeche Mode“ guruhi yuk mashinasi ustida qoʻshiq kuylab, kambagʻal mahallada boʻylab aylanayotgani tasvirlangan. Mahalla turgʻunlari bir-birdan mashinaga chiqadi va raqsga tusha boshlaydi. Video yakunida mashina va uning ustidagilar gʻoyib boʻlib, faqat oʻpishayotgan juftlik qoladi. Klip 2016-yilda „Video Singles Collection“ albomida ilk marotaba rasman eʼlon qilingan.
Manbalar
- ↑ „New Releases – For Week Starting November 5, 2001: Singles“ (PDF). Music Week. 3-noyabr 2001-yil. 29-bet. Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.
{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () - ↑ „AllMusic Rating“ (en). AllMusic. Netaktion LLC. 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
Havolalar
- „Freelove“ YouTubeda (singl versiya)
- „Freelove“ YouTubeda (albom versiyasi)
- Sandra kaveri YouTubeda
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.