Fototropizm

Fototropizmoʻsimlik oʻsish organlarining yorugʻlik nuri yoʻnalishiga yoki teskari tomonga harakatlanishi. Musbat va manfiy fototropizm aniqlangan: oʻsimlik organlarining yorugʻlik manbai tomonga qarab burilishi musbat, yorugʻlik manbaidan teskari tomonga qarab burilishi manfiy fototropizm boʻladi. Fototropizm, asosan, oʻsimlikning yer usti organlari uchun xos. Mutlaqo yorugʻlik boʻlmagan tuproq ostida oʻsadigan organlar (ildiz va ildizpoyalar) yorugʻlikdan taʼsirlanmaydi. Oʻsimliklarning musbat yoki manfiy burilish xususiyati yorugʻlik kuchiga bogʻliq. Oʻsimlik bitta organining oʻzi yorugʻlik kuchsiz boʻlganda musbat fototropizm xususiyatiga ega boʻlsa, kuchli yorugʻlikda manfiy boʻladi; oʻrtacha yorugʻlikda esa oʻsimlik yorugʻlikdan butunlay taʼsirlanmaydi. Bir tomonlama tushgan yorugʻlikka taʼsirlanish xususiyati har xil oʻsimliklarda turlicha boʻladi. Oʻsimlik hayotida fototropizm juda katta ahamiyatga ega. Oʻsimliklar yorugʻlikka yuqori darajada sezgirligi tufayli urugʻ chuqur ekilishiga qaramay, niholning uchki qismi tuproqdan yuqoriga chiqadi. Fototropizm jarayonini soya joylarda va xona ichida ochiq joylarga qaraganda aniqroq sezish mumkin.

Manbalar




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.