Fiva
Fiva — Beotiyadagi qad. yunon shahri. Rivoyatlarga koʻra, Fivaga afsonaviy Kadm asos solgan, fivaliklar ajdodlari — Kadm tomonidan ajdarho tishlarini sochib yuborilishidan unib chiqqan odamlar boʻlgan. Fivaning qad,ligi egey madaniyati yodgorliklari bilan isbotini topadi. Miloddan avvalgi VI asrga kelib Fiva qad. qabilaviy va diniy ittifoqdan vujudga kelib, Beotiyaning deyarli barcha shaharlarini birlashtirgan Beotiya ittifoqiga boshchilik qilgan. Fivada hukmron boʻlgan urugʻ zodagonlari Yunonfors urushlari (miloddan avvalgi 500—449) davrida forslarni qoʻllabquvvatlagan va miloddan avvalgi 431—404 yillardagi Peloponnes urushi davrida Sparta tomonidan turib Afinaga karshi boʻlgan. Korinf urushi (miloddan avvalgi 395—387) davrida Fiva bosh boʻlgan beotiyaliklar afinaliklarni qoʻllabquvvatlashgan. 387 yil Antalkid sulhiga koʻra, Beotiya ittifoqi tarqatib yuborilgan; Fiva va Beotiyaning boshqa shaharlarida Sparta yordamida oʻta reaksion oligarxik hukumatlar qaror topgan. 379 yil oligarxlarni agʻdarib tashlab, Fivadagi hokimiyat tepasiga Pelopid va Epaminond boshchilik qilgan demokratlar kelgan. Beotiya ittifoqi qayta tuzilishi bilan Yunonistonning eng yirik siyosiy kuchiga aylangan. 371 yil (Levktra yonida) va 362 yil (Mantineya yonida) Epaminond boshchiligidagi fivaliklar qoʻshini spartaliklarni magʻlubiyatga uchratgan. Birok,, Sparta bilan boʻlgan qonli urush Fiva va ittifoqning barcha shaharlarini shu qadar holdan toydirganki, 362 yildan soʻng ular oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. 338 yil Fiva Makedoniya tomonidan bosib olingan, 335 yil Makedoniyaga karshi qoʻzgʻolon bostirilgach, shahar butkul vayron qilingan. Miloddan avvalgi 315 yil Fiva kisman tiklangan, lekin muhim siyosiy rol oʻynamagan. Qad. Fiva oʻrnida hozirgi Gretsiyaning Fiva shaharchasi joylashgan.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.