Fitr

Fitr (arab. — roʻza yakuni sadaqasi), fitr sadaqa, fitr roʻza — islomda ramazon oyi tugashi munosabati bilan beriladigan sadaqa (F.2,5 kg xurmo, arpa, un, guruch yoki ularning qiymati miqdorida belgilangan). Muhtojlikda yashovchi oila aʼzolari ham hayit kuni toʻq yashasin degan niyatda joriy qilingan va vojib amallar safiga kiritilgan. U oʻziga toʻq musulmonlarning muhtoj va hojatmandlarga qiladigan xayrexsonlaridir. Fitr asosida fuqarolar, miskinlar, bevabechoralar va hojatmandlarning qalblariga hayit oldidan bir oz boʻlsada shodlik va hurramlik baxsh etish, ularni moddiy jihatdan qoʻllab quvvatlash va oqibat natijada, odamlar orasida mehrshafqat tuygʻularini uygʻotish yotadi.

ICUning yuqori martabali arboblari Shayx Umar Iymon, Shayx Abdiqodir Ali, Shayx Sharif, Shayx Abdirahmon Janoqov va Abdullohi Maalim Ali (Utayba) Mogadishudagi Masjidka Isbahaysiga hayit namozida qatnashmoqda.
ICUning yuqori martabali arboblari Shayx Umar Iymon, Shayx Abdiqodir Ali, Shayx Sharif, Shayx Abdirahmon Janoqov va Abdullohi Maalim Ali (Utayba) Mogadishudagi Masjidka Isbahaysiga hayit namozida qatnashmoqda.


Ramazon hayiti (arabcha: Iyd al-fitr –الفطر عيد) musulmonlar uchun eng

ulug‘ va quvonchli bayramlardan biri.

Manbalarda qayd etilishicha, Muhammad sollallohu alayhi va sallam

Madinaga kelganlarida mahalliy aholining ikki o‘yin-kulgi kunini nishonlashini

ko‘rib, bu eski bayramlarning o‘rniga Alloh tomonidan musulmonlarga ikki ulug‘

bayram – Ramazon hayiti va Qurbon hayiti ato etilganini bayon qilganlar.

Dastlabki davrlardayoq hayit kuni jamoat bo‘lib namoz o‘qilgan.

Musulmonlar ochiq maydonlarda yoki masjidlarda to‘planib, bir safda turib ibodat

qilganlar. Boy va kambag‘al, yosh va qari bir qatorda saf tortishi Islomning

ijtimoiy adolat tamoyilini amalda namoyon etgan.

Ko‘rinadiki, Ramazon hayiti shunchaki marosim emas, balki diniy, ijtimoiy

va axloqiy qadriyatlarni birlashtirgan muhim institutdir. U asrlar davomida turli

xalqlar madaniyatiga singib, o‘ziga xos urf-odatlar bilan boyigan bo‘lsa-da, uning

asosiy mohiyati — shukr, birlik va saxovat g‘oyasi o‘zgarishsiz saqlanib qolgan.

Ramazon oyi ro‘zasining yakuni. Sabr, taqvo va iroda sinovining nihoyasi.

Bayram ruhiy poklanish va shukr kuni sifatida falsafiy mohiyat kasb etadi.

Islom ta’limotiga ko‘ra, Ramazon oyida ro‘za tutish – farz ibodat. Ro‘za

nafsni tiyish, sabrli bo‘lish, och va muhtojni his etish oyi. Hayit esa ushbu ibodat

ado etilganining bayrami.

Shavvol oyining birinchi kuni hayit nishonlanadigan kundir.

Ramazon hayitining asosiy ibodati – jamoat bo‘lib o‘qiladigan hayit namozi

bo‘lib, ummat birligining ramzidir.

Hayitdan oldin fitr sadaqasini egalariga berish vojib sanaladi. U

kambag‘allarning ham bayramni xursandchilik bilan o‘tkazishiga imkon yaratadi.

Shu jihati bilan hayit ijtimoiy tenglik va mehr-oqibatni ta’minlaydi.

Hayit tongida takbir aytiladi, pokiza kiyim kiyiladi, oila a’zolar va yaqinlar

tabriklanadi, bularning hammasi ham sunnat amallar hisoblanadi.

Hayit kuni adovat va ranjishlar unutiladi, kechirim so‘raladi, yarashiladi.

Ushbu bayram Ramazon oyida boshlangan ma’naviy poklikni saqlab

qolishga da’vat ham hisoblanadi.

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti diniy va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan

holda nishonlanadi. Mustaqillik yillaridan boshlab hayit rasmiy bayram sifatida

e’tirof etilib, dam olish kuni deb e’lon qilinishida bayramning jamiyat hayotidagi

o‘rni va ahamiyati ko‘rinadi.

O‘zbek oilalarida hayit arafasida uylar tozalanadi, dasturxon uchun turli

taomlar tayyorlanadi. Bayram kuni shirinliklar, milliy taomlar, xususan palov,

somsa va turli pishiriqlar tortiladi. Qarindosh-urug‘larni ziyorat qilish,

keksalarning duosini olish va qo‘ni-qo‘shnilarga kirib chiqish muhim an’analardan

biridir.

Bolalarga hayitlik berish odati ham keng tarqalgan. Bu nafaqat quvonch

ulashish, balki saxovat va mehr tuyg‘ularini yosh avlod ongiga singdirish

vositasidir. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish, xayriya qilish

hayitning ajralmas qismidir.



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.