Finikiya

Finikiya — Oʻrta dengizning sharqiy sohilidagi qadimgi viloyat. Rivoyatlarga koʻra, Finikiyaning aholisi Eritreya dengizi sohillaridan kelgan; ayrim finikiyalik tarixchilarning fikricha, finikiyaliklar Finikiyaning tub aholisidir. Miloddan avvalgi 5—4 ming yillikda Finikiya oʻzining qulay geografik joylashuviga koʻra, Mesopotamiya va Nil vodiysi aholisi bilan faol savdo-sotiq olib borgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlarida quldorlik shahar-davlatlari: Ugarit (RasShamra), Sidon (Sayda), Beruta (Bayrut), Arvad(Arad), Tir (Sur) va boshqa vujudga kelib, ular miloddan avvalgi XII asrgacha Misr firʼavnlari qoʻl ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi XIII asr oxiri — XII asrning boshida Finikiya nihoyat Misr mustamlakasidan xalos boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Finikiya Oʻrta dengiz sohil boʻyining Markaziy va Gʻarbiy qismini egallab, bu yerlarga ko'plab finikiyalik savdogarlar va qaroqchilar kelishi avj olgan. Tasos orolida temir rudasi konlari ochilgan, Melkart xudosi ibodatxonasi va kichik qishloq bunyod etilgan. Atlantika okeaniga tutashgan Shimoliy Afrika sohillarida, Like, Ispaniyaning janubiy qismida, Gades, Malaka, Abdera, Sitsiliyada Motiya, Panorm va Sardiyada Nora shaharlari qad koʻtargan.

Finikiyada hunarmandchilik, savdo-sotiq, kemasozlik juda taraqqiy qilgan; dengiz yoʻllaridan keng foydalanilgan. Shaharlar oʻrtasida hukmronlik uchun kurashlar natijasida kuchsizlangan Finikiya miloddan avvalgi VIII—VII asrlarda Ossuriyaga, miloddan avvalgi VI asrda Bobilga, miloddan avvalgi 539 yildan 332 yilgacha axomaniylar davlatiga boʻysungan. Finikiya miloddan avvalgi 332-yildan makedoniyalik Aleksandr davlati, miloddan avvalgi III asr oʻrtalaridan Salavkiylar davlati qoʻl ostida boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab Finikiyada ellinlashtirish jarayoni kuchaygan. Oʻrta dengiz boʻyidagi Delos, Afina va boshqa shaharlarda finikiyalik savdogarlarning faktoriyalari va uyushmalari paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi II—I asrlarda Kiprda Yunon-Finikiya podsholigi vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 63-yildan boshlab Finikiya Rimning Suriya provinsiyasi tarkibiga kirgan. Asta-sekin finikiyaliklar Suriyaning boshqa aholisi tarkibiga singib ketganlar.

Manbalar




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.