Fil masjidi

Masjid
Fil masjidi
arabcha: الجامع الفيلة
Mamlakat  Misr
Hudud2 Qadimgi Qohira
Shahar Fustat
Yoʻnalishi ???
Meʼmoriy uslub Fotimiylar meʼmorchiligi
Qiymati 6000 oltin dinor
Homiy al-Afdal Shahanshoh
Asosiy sana:
milodiy 1105-yil
Yopilgan sanasi 14-asrdan keyin
Holati faoliyati tugatilgan
masjid
(12–14-asrlar)
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Fil masjidi (arabcha: الجامع الفيلة‎) milodiy 1105-yilda vazir va amalda Fotimiylar xalifaligi hukmdori boʻlgan al-Afdal Shahanshoh tomonidan Qohiraning janubiy chekkasida qurilgan kichik masjid edi. XIV asrga kelib, masjid diniy boʻlmagan maqsadlarda ishlatilgan.

Umumiy maʼlumot

Al-Afdal regentligi (1094–1021) davrida qurilgani maʼlum boʻlgan yagona masjid boʻlgan bu bino Fustot (Eski Qohira)dan janubda, habashlar koʻli (Birkat al-Habash) deb atalgan joy ustidagi tepalikda joylashgan edi[1]:168–169. U 6 000 oltin dinor miqdridagi mablagʻ evaziga qurilib, 1105-yil aprel/may oylarida ochilgan. Uning nomi yaqin atrofdagi yetti gumbazli maqbara qatoridan kelib chiqqan boʻlib, uzoqdan qaralganda ular fil minib olgan qurollangan jangchilarga oʻxshab koʻringanligi aytiladi[1]:169.

1119-yil Misrda oʻsha paytda ishlatilgan, umidsiz darajada eskirib qolgan astronomik jadvallarni (zij) qayta koʻrib chiqish uchun masjidda yangi rasadxona oʻrnatish ishlari boshlangan. Bu ish katta mojaroga aylanishi bilan yakunlanadi: xarajatlar keskin oshib ketadi, ayniqsa kuzatuvlar uchun ishlatiladigan yirik va quyish qiyin boʻlgan bronza halqalar bunga asosiy sabab boʻlgan. Hatto ular muvaffaqiyatli quyilib, masjid tomiga oʻrnatilgach ham, Muqattam tepaliklari quyosh chiqishi paytida quyosh manzarasini toʻsib qoʻyishi maʼlum boʻladi. Butun uskunani Muqattamning oʻzidagi yangi joyga koʻchirishga majbur boʻlishadi[1]:136–138.

XIV asrga kelib masjid allaqachon vayrona holatga kelib boʻlgan, manbalarda badaviylar uning sisternasida tuyalarini sugʻorgani qayd etilgan[1]:169.

Yana qarang

Manbalar

Havolalar

VikiombordaFil masjidi“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.