Fara
Fara (frans. phare – mayoq, mayoq chirogʻi) – transport vositasi (avtomobil, traktor va boshqalar) hamda oʻziyurar mashinalarning yoʻlni, ish bajarilayotgan joy va boshqalarni yoritish uchun moʻljallangan elektr asbobi. Asosiy qismlari – shtamplab yasalgan korpus va optik elementlar. Optik element yupqa alyuminiy qatlami surkalgan poʻlat qaytargich, bir yoki ikki tolali choʻgʻlanma lampadan iborat yoritish manbai va yorugʻlikni sochib beradigan gʻadir-budir shishadan iborat. Yorugʻlik qaytargich fokusida joylashgan quvvatliroq toladan tarqaladigan nur uzoqni yoritadi, kichikroq quvvatli ikkinchi tola fokusdan yuqoriroqda chap tomonda joylashgan boʻlib, yaqinni yoritish uchun moʻljallanadi. Yod lampali faralar keng tarqalgan. Bunday lampalarning kolbasiga yod bugʻlari boʻlgan siyraklashtirilgan gaz toʻldiriladi. Har bir transport vositasiga kamida bir juft faralar oʻrnatiladi. Ular mashinaning boʻylama oʻqiga nisbatan simmetrik tarzda joylashtiriladi. Baʼzi mashinalarda tumanga qarshi ikkita qoʻshimcha faralar ham oʻrnatilishi mumkin. Maxsus mashinalar (oʻt oʻchirish mashinalari, sanitariya mashinalari va boshqalar) ga buriladigan F.lar ham oʻrnatiladi. Baʼzan faralar mashina orqasiga ham oʻrnatiladi (masalan, traktorlarda tirkamani yoki plugni yoritish uchun shunday qilinadi).
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.